11. Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari. Reja. Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlari tasnifi


Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari



Yüklə 397,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix28.03.2023
ölçüsü397,24 Kb.
#90691
1   2   3   4   5   6   7   8
metodlar

Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari 
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni 
yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning 
samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. 
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq. 
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, 
balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga 
muvofiq bo‘lishi zarur.
2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil 
fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman 
mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir. 
3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki 
Shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal 
qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda 
egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik 
darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, 
o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan 
o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni 
shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi. 


4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa 
shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari ham 
o‘zgarmasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi 
tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli hamkorligining zaruriy 
Sharti. 
5. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari. Umumiy metodlar, 
umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi bo‘la olmaydi. 
Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs 
o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini 
amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi.

Yüklə 397,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin