11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja


«Muammoli vaziyat» metodining kamchiliklari



Yüklə 164,03 Kb.
səhifə31/48
tarix24.12.2023
ölçüsü164,03 Kb.
#191829
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqt-fayllar.org

«Muammoli vaziyat» metodining kamchiliklari:

talabalarda yuqori motivatsiya talab etiladi;

qo’yilgan muammo talabalarning bilim darajasiga mos kelishi kerak;

ko’p vaqt talab etiladi.
5. «Aqliy xujum» metodi 
«Aqliy xujum» Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilishi ehtirof etilsa-
da, bu metod mualliflari bizning ajdodlarimizdir. Xali Amerika kashf etilmagan bir
davrda o’z aql mashhalasi bilan dunyoni yoritgan qomusiy olimlarimizni (Axmad
al Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqalar) olasizmi, yoki
yetti iqlimni zabt etgan shoxu sultonlarimizni olasizmi, ular o’z muammolarini
yechishda ana shu metoddan keng foydalanishgan. Bobokolonlarimiz bu metodni
boshqacha nomlashgan, yahni: «kengash», «mashvarat», «maslaxat» deb atashgan.
Misol uchun, Sohibqiron Amir Temur saltanat oldida turgan muammolarni
yechishda mashvarat chaqiribbarcha saroy axlining, vaziru-ulamolarning,
farzandlarining fikrlarini diqqat bilan eshitgan va ular asosida yagona xukm
chiqargan. Bu xolatlar ko’proq xarbiy yurish oldidan chaqirilgan mashvaratlarda
namoyon bo’ladi. «Agar (g’anim ustiga) lashkar tortmoqchi bo’lsam, urush-
yarashdan o’rtaga so’z tashlab, amirlarimning bu ikkovidan qay biriga moyilligini
bilishga intilardim. Agar yarashdan so’z ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga
solishtirib ko’rardim, agar urushga moyil bo’lsalar, uning naf va foydasini yarash
ziyoniga taqqoslab ko’rardim, qaysi biri foydaliroq bo’lsa, shuni ixtiyor qilardim».
Bugun ana shular haqida o’yga tolib, «g’arb sharqdan o’rgangan»ligiga yana bir


289
karra ishonch xosil qilamiz.Aqliy xujum-g’oyalarni generatsiya (ishlab chiqish)


qilish metodidir. «Aqliy xujum» metodi biror muammoni yechishda talabalar
tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’’lab, ular orqali ma’lum bir
yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy xujum metodining yozma va
og’zaki shakllari mavjud. Og’zaki shaklida pedagog tomonidan berilgan savolga
-talabalarning har biri o’z fikrini og’zaki bildiradi. Talabalar o’z javoblarini aniq
va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga talabalar o’z
javoblarini qog’oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko’rinarli tarzda yozadilar.
Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «‘inbord» doskasiga (ignalar
yordamida) mahkamlanadi. «Aqliy xujum» metodining yozma shaklida u
javoblarni ma’lum belgilar bo’yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir.
Ushbu metod turi va ijobiy qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nestandart
fikrlashga o’rgatadi.
Aqliy xujum metodidan foydalanilganda talabalarning barchasini jalb etish
imkoniyati bo’ladi, shu jumladan, talabalarda muloqot qilish va munozara olib
borish madaniyati shakllanadi. Talabalarda o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki
yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi
rivojlanadi. Bildirilgan fikrlarning baholanmasligi talabalarda turli g’oyalar
shakllanishiga olib keladi. Bu metod talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish
uchun xizmat qiladi.
«Aqliy xujum» metodi pedagog tomonidan qo’yilgan maqsadga qarab
amalga oshiriladi:
1. Talabalarning boshlangich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo’yilganda,
bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog’lash maqsad
qilib qo’yilganda-yangi mavzuga o’tish qismida amalga oshiriladi.
3. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo’yilganda-mavzudan
so’ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.


Yüklə 164,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin