301
asosidagi to‘ldiruvchilardan samarali foydalanishga ruxsat beradigan yangi davlat
standartlari yoki texnik shartlari tasdiqlanadi.
Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi
materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo
materiallar sifatida qo‘llaniladi.
Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan
ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida
ishlatiladi.
Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma
vaqt alohida qayta ishlanmay, bahzida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi.
Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli boyitish
vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq tosh
shaklida hosil bo‘ladi.
Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir-
kvartsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70%
gacha kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. SHu bilan bir qatorda mayda
qum (yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi. Izlanishlar shuni
ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan yuqori
mustahkamligi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi.
Yurtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi
omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va
ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan jinslar
xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan jinslar
asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000 kg/m
3
ni
tashkil etadi. Ulardan maxalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustaxkamlik chegarasi
10-20MPa ga teng yengil betonlar olish mumkin va bunda tsement sarfini keskin
kamaytirish imkonini beradi.
Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun’iy
g‘ovak to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli
jinslardan olish mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. SHu
sababli ko‘mir boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Natijada
chiqindi tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun yetarli
hisoblanadi.
Metallurgiya sanoatida chiqindi omborlariga xar yili katta miqdorda domna
Shlаklari tashlanadi. Yahni po‘lat etishda asosiy maxsulotdan tashqari 0,5-1 t
Shlаk chiqadi. Bunda massa bo‘yicha emas balki hajm bo‘yicha 2-3 barobar ko‘p
miqdorda Shlаk chiqadi. SHu sababli Shlаklarni shartli ravishda chiqindi deyiladi.
Aslida bu qimmatli ikkilamchi mahsulot hisoblanadi.
302
Metallurgiya Shlаklaridan noto‘g‘ri foydalanishda asosiy olinadigan
maxsulot narxiga xam tasir etadi, yahni Shlаklarni olib kelish, chiqindi
omborlariga ko‘mish ortiqcha harajatga olib keladi. Metallurgiya Shlаklarining
kimyoviy tarkibi turlichadir. Domna Shlаklari asosan quyidagi oksidlardan iborat
bo‘ladi: SaO - 3O-50%; SiO
2
- 30-40%; Al
2
O
3
- 10-30%; temir, magnit va
marganets birikmalari.
Sanoat chiqindilaridan qurilishda foydalanish yo‘llari:
1. Domna Shlаki tsement sanoatida ishlatiladi. Uning bir qismi Shlаkli tola va quyma
buyumlar olishda ishlatiladi.
2. Asosan Shlаkning ko‘p miqdori to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Eski
chiqindi omborlaridan olinadigan Shlаklarni maydalash va saralash natijasida
beton uchun yaroqli shag‘al ishlab chiqariladi. CHiqindi omborlaridagi
Shlаklarning tarkibi va fizik, mexanik xususiyatlari bo‘yicha bir jinsli emas.
Ularning sovish darajasiga qarab kristallanishi turlicha kechadi. Mustahkamligi va
g‘ovakligi xam turlicha bo‘ladi. SHu sababli tanlagan holda eski chiqindi
omborlarini ochish va olingan shag‘alni boyitish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom
ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa xisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza
qilishda xam samarali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: