297
beton keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini
pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi.
Betonning asosiy faol qismi bu tsement. Bog‘lovchi materiallar suv va
to‘ldiruvchi bilan aralashib xamir xosil qilishi, tishlashib
va qotib qattiq xolatga
o’tishi va betonga aylanish xususiyati ega. Beton to‘ldiruvchilari quyidagi
vazifalarni o‘taydi:
1. To’ldiruvchilar betonning 85-90% gacha hajmini tashkil qiladi, tsement
va boshqa bog‘lovchilarni sarflanishini
keskin kamaytiradi, qaysiki ular beton
tarkibida yuqori baxoli va defitsit material xisoblanadi.
2. TSement toshi qotishida xajmiy deformatsiyalarga yo’liqadi. Uning
cho’kishi-2 mm/m ga yetadi. CHo’kish deformatsiyalarining noteks bo’lishi ichki
zo’riqishlarni keltirib chiqaradi. Kichik ëriqlar ko’zga ko’rinmaydi,
lekin ular
tsement toshini mustaxkamligini va chidamliligini keskin pasaytiradi. To’ldiruvchi
betonda qattiq karkas xosil qiladi, u esa cho’kish deformatsiyalarini qabul qilib,
cho’kishini kamaytiradi, (bu taxminan 10 baravar kam, tsement toshiga nisbatan).
3. Yuqori mustaxkamlikdagi to’ldiruvchilardan
iborat qattiq karkas
mustaxkamlik va qayishqoqlik modulini oshiradi (yag’ni konstruktsiyaning yuk
tahsiridagi deformatsiyasini kamaytiradi).
4. Yengil g‘ovak to’ldiruvchilar betonning zichligini va uni issiqlik
o’tkazuvchanligini kammaytiradi, bunday betonlar to’siq
konstruktsiyalar va
issiqlik izolyatsiyalari uchun ishlatiladi.
5. Aloxida og‘ir va gidrat to’ldiruvchilar betonning radiatsiyadan yaxshi
saqlaydi (atom elektrostantsiyalarda).
Yuqoridagi sanab o‘tilgan bandlar to’ldiruvchilarni ishlatish joylarini
belgilaydi, qaysiki bular beton
uchun juda axamiyatga ega, ular uning
xususiyatlariga va texnik iqtisodiy samaradorligini belgilaydi.
Respublikamizda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi ishlab chiqarish quyidagi
asosiy manbaalarni bilish bilan belgilanadi:
1) To‘ldiruvchilarni kelib chiqishi bo’yicha guruxlarga bo’lish;
2) Zarrachalar yirikligi bo’yicha to’ldiruvchilarni turlarga bo’lish;
3) Zarrachalar shakli bo’yicha to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish;
4) To‘ldiruvchilar zarrachalar zichligi bo‘yicha turlarga bo‘lish;
5)Uyilgan zichligi bo‘yicha to‘ldiruvchilarni sinflarga
ajratish;.
6) To‘ldiruvchining ko‘rinishi tuzilmasi bo‘yicha betonlarni sinflash.
Dostları ilə paylaş: