11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja



Yüklə 164,03 Kb.
səhifə46/48
tarix24.12.2023
ölçüsü164,03 Kb.
#191829
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqt-fayllar.org

n
А
R



,
bu yerda:
A=1; n=2 ga teng bo‘ladi.
Nisbatan mustaxkam va og‘ir, shu bilan birga kichik g‘ovaklikdagi
pemzalar (ularni litoidlar yoki toshsimon deyiladi) yengil konstruktsion betonlar
olishda ishlatiladi. Bunday yuqori samarali betonlardan turli xil konstruktsiyalar,
yahni tom yopma plitalari, ko‘priklar, gidrotexnika inshoatlari ishlab chiqariladi.
Vulqon Shlаki konlari O‘zbekistonning turli rayonlarida Armanistonda,
Gruziya, Kamchatkada uchraydi. Vulqon Shlаki suyuq magmani asosiy tarkibining
havoda qotishi natijasida yuzaga keladi. Vulqon Shlаki asosidagi qum va shag‘al
yirik toshlarni maydalash va saralash (fraktsiyalash) natijasida olinadi. Vulqon
Shlаkining tashqi ko‘rinishi yoqilg‘i Shlаki kabi bo‘lib, to‘q qizg‘ishdan qora
ranggacha bo‘ladi. Strukturasi yirik g‘ovakli. Vulqon Shlаki shag‘alining uyilma
zichligi 400-850 kg/m
3
, vulqon Shlаki qumi esa 650-1300kg/m
3
. Vulqon Shlаki
to‘ldiruvchi sifatida turli yengil betonlarda ishlatiladi.
Vulqon tuflari, bu mayda g‘ovakli jinslar bo‘lib, vulqon changlarining turli
darajadagi zichlanishi va ko‘pchishidan yuzaga keladi. Lava tuflari esa bu tezda
qotgan g‘ovaklangan lava bo‘lib, unda vulqon changi va qumlari mavjud bo‘ladi.
Tuflar va lava tuflari asosida tosh devorlar va yirik bloklar ishlab chiqariladi. Tosh


309
kesish mashinalarida qayta ishlangan, karg’erlarda chiqqan sanoat chiqindilari


(ishlanayotgan toshning 50% dan ko‘p xajmi chiqindiga aylanadi)ni maydalash va
navlarga ajratishda yengil betonlar uchun yaroqli bo‘lgan, uyilma zichligi 600-800
kg/m
3
g‘ovak shag‘al va uyilma zichligi 700-1000 kg/m
3
bo‘lgan g‘ovak qum
olinadi. Tuflar donador strukturaga ega bo‘ladi. Lava tuflari esa aralash strukturaga
ega bo‘lib, bahzan yacheykali strukturaga ega bo‘ladi, ular mustahkamligining
zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi:
n
А
R



,
bu yerda:
n-daraja ko‘rsatkichi;
n- lava tuflari uchun 3 gacha olinadi;
n- tuflar uchun 4 va undan yuqori olinadi;
SHu sababli bir xil zichlikdagi lava tuflari tuflarga nisbatan mustahkam va
pemzaga nisbatan mustahkamligi pastroqdir. Tuflarning bir qancha turlarining
suvga chidamligi va sovuqqa chidamligi yetarli bo‘lmaydi, bu uning
strukturasidagi donalarni bog‘lanishini sustligi bilan ifodalanadi. Bunday tuflar
betonda qo‘llanilmaydi, biroq yuqori samarali sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi olish
uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.
2. CHo‘kindi tog‘ jinslari asosidagi g‘ovak to‘ldiruvchilar olishda asosan karbonat
g‘ovak oxaktoshlar, chig‘anoqlar va krenezyom g‘ovak jinslar ishlatiladi.
Ohaktoshlarni maydalashda zichligi 1800 kg/m
3
dan kam bo‘lgan va uyilma
zichligi 1000 kg/m
3
gacha bo‘lgan g‘ovak shag‘al (donalar orasidagi bo‘shliqlik
40-50%)
olinadi, bu material QMQ bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchiga
klassifikatsiyasiga mos keladi.
Ohaktosh chig‘anoqlar o‘zida cho‘kindi jinslarni kichik chig‘anoq, ohaktosh
bo‘laklarining tsementlashgan holatidagi yig‘indisini mujassamlashtiradi. Ular
oddiy mayda g‘ovakli ohaktoshlardan yirik g‘ovakli strukturasi bilan farqlanadi.
Ohaktosh chig‘anoqlarning zichligi asosan 1000 – 1600 kg/m
3
ni tashkil
etadi, bunda siqilishdagi mustahkamligi 0,5-10MPa ga tengdir, oddiy g‘ovak
ohaktoshlarda esa zichlik 1600-1800 kg/m
3
ni tashkil etib, bunda mustahkamlik
chegarasi 25MPa gacha bo‘ladi.
Bundan tashqari g‘ovak ohaktoshlarni boshqa turlari xam uchraydi,
ohaktosh tuf zichligi 1400-1800 kg/m
3
bo‘lib, siqilishga mustahkamlik chegarasi
5-15MPa ni tashkil etadi.
Maydalangan bunday to‘ldiruvchining donalari mustahkamligi, tog‘ jinslari
mustahkamligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. SHu sababli g‘ovak ohaktosh va
chig‘anoqlardan tsement sarfini oshirmagan holda zichligi 1800-2200 kg/m
3
va
mustahkamlik chegarasi 5-20 MPa ga teng beton olish mumkin. G‘ovak ohaktosh
va chig‘anoq zahiralari asosan O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda, Ukraina, Moldaviya
va Ozarbayjonda mavjud. Ulardan asosan massiv tosh materiallar olishda,


310
karerlarda qolgan chiqindilarni maydalab va saralab beton uchun yaroqli


to‘ldiruvchilar olinadi.
CHo‘kindi kremnezyom jinslardan to‘ldiruvchi sifatida opoka, spongolit,
alevrolitni beton ishlab chiqarishda qo‘llash chegaralangan. Ularning katta
zahiralari O‘zbekistonda mavjud. Bu jinslar zichligi 800-1400 kg/m
3
, siqilishda
mustahkamlik chegarasi 2,5-15 MPa ni tashkil etadi. Donalari strukturasi donador
va mayda g‘ovaklikka ega.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinslar tarkibida amorf kremnezem, opal va xaltsedon
ko‘rinishda uchraydi. Ular tsement ishqorlari bilan aktiv bog‘lanadi. SHu sababli
bu to‘ldiruvchilarning tsementli betonda qo‘llash xavfli bo‘lib, unda yemirilishni
keltirib chiqaradi.
G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish, bu ularning zichligi va mustahkamligi
bo‘yicha bir jinsliligini oshirish, donalar shaklini yaxshilash va chang miqdorini
kamaytirishdan iborat. Zich jinslardan olinadigan to‘ldiruvchilarni boyitish
jarayoni g‘ovak to‘ldiruvchilarga ham taaluqlidir. Biroq yengil g‘ovak
to‘ldiruvchilarning spetsifik xususiyatlarini aniqlashda, boshqa boyitish usullaridan
foydalaniladi.
Masalan, pemzada og‘ir vulqon shishasi(obsidian) donalari mavjud bo‘lib,
ularni olib tashlab to‘ldiruvchining sifatini oshirish mumkin. G‘ovak tog‘ jinslari
asosidagi chaqiq tosh dona shakli bo‘yicha QMQ ga ko‘ra 4ta guruxga bo‘linadi,
yahni plastinkasimon shakldagi donalarning massa ulushi bo‘yicha:
oddiy-30% dan ko‘p emas;
yaxshilangan – 20% gacha;
kub shaklidagi – 15% gacha;
qirrali – 10%gacha.
G‘ovak chaqiq toshning donalarini shaklini yaxshilash, olinadigan tog‘
jinsini maxsus baraban tipidagi maydalagichda maydalab erishiladi.

Yüklə 164,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin