308
1. Vulqon ko‘rinishidagi tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar otqindi maydalangan jinslardan
tashkil topadi. G‘ovak tog‘ jinslari pemzalar, Shlаklar,tuflar, g‘ovak bazalg’t,
andezit g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Pemza - bu g‘ovak shisha bo‘lib, vulqon otilishidan, yahni magmaning
ko‘pchishidan va qotishidan yuzaga keladi. Magmaning yer ostidan chiqishida
bosimning juda tez pasayishi kuzatiladi. Natijada qotishmadagi mavjud gazlar
pufakchalar xolatida ajralib chiqadi. Bir vaqtning o‘zida magmaning sovishida
qovishqoqligi ortadi, och malladan kulrang ranggacha bo‘lgan tolasimon g‘ovak
jinsga aylanadi. Pemzaning yirik konlari Armanistonda uchraydi.
Tabiatda pemza qum, shag‘al yoki nisbatan yirik singan jinslar sifatidi
uchraydi. Pemza asosidagi to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish karg’erlarni qayta
ishlash, maydalash va materiallarni navlarga ajratishdan iborat. Kimyoviy tarkibiga
ko‘ra pemza nordon jinslarga mansub bo‘lib, shishadan tashkil topadi va tarkibida
kristall minerallari 1% dan kam miqdorda uchraydi.
Pemzada g‘ovaklar o‘lchami 3mm gacha bo‘lib, g‘ovaklar shakli aylanadan
yoki cho‘zinchoq ko‘rinishdan iborat bo‘ladi. Donalar g‘ovakligi 85% ga yetadi.
Pemza qumining uyilma zichligi 600-1100kg/m
3
ni , pemza shag‘ali esa 400-
900kg/m
3
ni , donalari zichligi 0,5-1,9 g/sm
3
ni tashkil qiladi.
Pemza shag‘alining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 2,5–40MPa ni
tashkil etadi. Pemza yacheykali strukturaga ega bo‘lib, mustahkamligining
zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi:
Dostları ilə paylaş: