11. Moliya va moliya tizimi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix06.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#72715
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
UxIjmhsfzVcwyO9sco8LAOTb57GB2v1kNd3JSIZl

agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo„lgan pul massasi ularni (naqd va 
kredit pullarni) qo„shish yo„li bilan aniqlanadi. 
Pul muomalasi o„ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. 
Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo„lgan pul miqdorini 
aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. 
Muomalani ta‟minlash uchun zarur bo„lgan pul miqdori quyidagi omillarga 
bog„liq: 
1. Muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo„lgan tovarlar 
summasiga.
2. Pul birligining aylanish tezligiga.
3. Kreditning rivojlanishiga, puldan to„lov vositasi vazifasidan foydalanishga 
ham bog„liq.
Ko„pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga 
muvofiq keyingi davrlarda to„lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo„lgan pul 
miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo„ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda 
ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to„lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga 
ehtiyojni ko„paytiradi. Undan tashqari hozirgi vaqtda ko„pgina oldi-sotdi 


jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o„tkazish yo„li bilan amalga 
oshiriladi. Biz ularni o„zaro hisob-kitoblar deb ataymiz.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo„lgan pul miqdori 
quyidagi formula bo„yicha aniqlanadi: 
Т
к
х
Т
к
б
м
А
У
Х
Х
Т
П







bu yerda: 
P

- muayyan davrda muomala uchun zarur bo„lgan pul miqdori; 
T

- sotilishi lozim bo„lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori x narxi); 
X

- kreditga sotilgan tovarlar summasi; 
X

- to„lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to„lovlar 
summasi; 
O„
x-k 
-
naqd pulsiz o„zaro hisob-kitoblar; 
A

- pulning aylanish tezligi. 
Muomala uchun zarur bo„lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran 
ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo„lgan pul miqdoriga nisbatan 
muomalaga kam pul chiqarilsa, ko„pgina xo„jaliklarda pul yetishmasligi, normal 
holatda xo„jalik yuritib bo„lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha
muomalada bo„lgan pul miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga 
nisbatan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta‟minlanmagan pulning 
paydo bo„lishi pulning qadrsizlanishi, ya‟ni inflyatsiyani bildiradi.
Pul miqdoriga ta‟sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasi qonuniga 
quyidagicha ta‟rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o„zgarmay qolganda

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin