11. Moliya va moliya tizimi


soliqlar regressiv soliqlar deyiladi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix06.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#72715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
UxIjmhsfzVcwyO9sco8LAOTb57GB2v1kNd3JSIZl

soliqlar regressiv soliqlar deyiladi. 
3. Daromad hajmi o„sib borishi bilan o„rtacha stavkasi o„zgarishsiz qoluvchi 
soliqlar proporsional soliqlar deyiladi. 
Soliq
stavkasi 
progressiv soliq
proporsional soliq 
regressiv soliq
Daromad hajmi
2-chizma. Progressiv, proporsional va regressiv soliqlarning grafik 
ko„rinishi. 
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot 
tannarxiga qo„shilish usuli (to„g„ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab 
ham turkumlanadi.
Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o„sishiga 
olib kelishini birinchi bo„lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning 
mulohazalariga ko„ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan 
tashqari oshirish ularning kapital qo„yilmalariga bo„lgan rag„batini susaytiradi, fan-
texnika taraqqiyotini to„xtatadi, iqtisodiy o„sishni sekinlashtiradi va bular oxiri 
oqibatda, davlat budjeti tushumlariga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Davlat budjetining daromadlari va soliq stavkasi o„sishi o„rtasidagi 
bog„liqlikning grafikda tasvirlanishi “Laffer egri chizig„i” nomini oldi (3-
chizma). Grafik tik o„qida soliq stavkasi (R), yotiq o„qida - davlat budjetiga 
tushumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R
1
) davlat budjetiga 
eng yuqori tushum (V
1
) ni ta‟minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va 
tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga 


teng bo„ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, 
uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o„rnatilagan soliqlarni pasaytirish 
jamg„armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi 
daromad hajmining o„sishini ta‟minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi 
ko„payadi, davlat daromadlari hajmi o„sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning 
susayishi ro„y beradi. Lekin o„z-o„zidan tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin 
bozor mexanizmi me‟yorida amal qilgan holdagina namoyon bo„ladi. 
Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida soliq yukining bir xil darajada 
bo„lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada YuNESKO xalqaro tashkiloti 
tomonidan tavsiya etilgan taqqoslama usullardan foydalaniladi.  

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin