11. Moliya va moliya tizimi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix06.12.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#72715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
UxIjmhsfzVcwyO9sco8LAOTb57GB2v1kNd3JSIZl

Lekin 
ko„pchilik 
hollarda 
davlat 
budjeti 
xarajatlarining 
daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi 
ro„y beradi. Bu holning sabablari ko„p bo„lib, ularning ichida, davlatning jamiyat 
hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o„sib borishi, uning iqtisodiy va 


ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o„rin tutadi. Budjet taqchilligining 
o„sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga 
nisbatida aniq namoyon bo„ladi. 
O„rnatilgan xalqaro standartlarga ko„ra budjet taqchilligi YaIMning 5% 
darajasidan oshmasligi lozim. Budjet taqchilligi asosan davlat qimmatli qog„ozlarini 
sotish, nobudjet fondlari (sug„urta fondi, ishsizlik bo„yicha sug„urtalash fondi, pensiya 
fondi)dan qarz olish ko„rinishidagi davlatning ichki va tashki qarzlari hisobiga 
qoplanadi.
Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko„rinishlaridan biri 
davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti deganda, davlat qarz oluvchi yoki 
kreditor 
sifatida 
maydonga 
tushadigan 
barcha 
moliyaviy-iqtisodiy 
munosabatlar yig„indisi tushuniladi. 
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu 
davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish 
jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo„sh 
turgan pul mablag„larini jalb qiladi. 
O„zbekistonda tashqi qarzni me‟yor darajasida ushlab turish borasida qat‟iy 
chora-tadbirlar amalga oshirilib, buning ifodasini Prezidentimizning quyidagi 
so„zlaridan ham ko„rish mumkin. «Bugungi kunda jahondagi aksariyat 
mamlakatlarda moliyaviy qarzdorlik hajmlarining oshib borayotgani va bank 
aktivlarining yetishmasligi eng jiddiy va tashvishli muammolardan biriga 
aylangani hech kimga sir emas. Shuni mamnuniyat bilan ta‟kidlash lozimki, 
bizning tashqi qarzimiz hajmi va uni qoplash uchun ajratiladigan yillik mablag„lar 
darajasi xalqaro mezonlar bo„yicha eng past parametrlarni tashkil etadi. Yalpi ichki 
mahsulotga nisbatan tashqi qarz 2007 yilning oxirida atigi 14 foizni, 
eksportimizning yillik hajmiga nisbatan esa 44 foizni tashkil etdi. Bu esa 
O„zbekistonning o„z majburiyatlari bo„yicha vaqtida hisob-kitob qilish kafolatini 


beradigan eng ishonchli, to„lovga qodir hamkorlar qatoridan munosib joy olishini 
ta‟minlaydi»
1

Davlat o„z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki 
ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga 
pulning tovar hajmining ko„payishi bilan bog„liq bo„lmagan qo„shimcha miqdorini 
chiqaradi. Davlat qarzlarining to„xtovsiz ko„payib borishi, milliy daromadni foiz 
to„lovlari shaklida, tobora ko„proq qayta taqsimlanishga olib keladi. 
Katta budjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo„yicha foiz to„lovlari o„sish 
sharoitida, davlat qarzlarini to„lash vaqtini imkon darajada cho„zishga harakat 
qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat 
o„zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o„rta va uzoq muddatli zayomlarga 
almashtiradi. U o„zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz 
bo„yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olish 
mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha 
davlatning moliyaviy ahvolini yengillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida 
foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o„sishi bilan bog„liq. 
Xo„jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o„sishi, xalqaro 
kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o„ziga zarur bo„lgan moliyaviy 
resurslarni jalb qilish uchun bo„sh pul mablag„larining milliy chegaradan 
tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga 
keladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin