Yangi olamday qilganman o‘zimni, Yo‘lingga to‘rt qildim shahlo ko‘zimni. Sen qanday bemazasan, yo‘lovchi, Qo‘yib yubor, mahkam ushla qizimni! A) o‘ch olish maqsadida
B) Rayhon arabdan qo‘rqqani uchun
C) Zaydinoyning ko‘ngli undan qolmasligi uchun
D) o‘z yurtiga tezroq ketish uchun
29. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining bobosi kim?
A) Shohdorxon B) Odilxon
C) Qovishtixon D) Ravshan
30. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining g‘ayritabiiy tug‘ilishi
nimaga ishora hisoblanadi?
A) nomusulmonlar – g‘ayridinlar qilgan nohaqliklar o‘tkinchi ekanligiga
B) kelajakda favqulodda kuch-qudrat va aql-idrok egasi bo‘lib kamol
topishiga
C) onasining e’tiqodi salomatligiga, ishonch va umidi meva berganligiga
D) kelajakda har narsaga qodir ilmli imom va kuch-qudratli sarkarda
bo‘lishiga
31. «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping.
1) Uning «go‘r» – qabrda tug‘ilishi motivini asoslaydigan qarashlar
ustuvorlik kasb etadi;
2) Uning «ko‘r otaning farzandi» ekanligiga urg‘u beradigan yo‘nalish
ham mavjud;
3) Po‘lkan shoir variantida «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi ikkala
qarashning ham ta’siri ochiq seziladi;
4) Nomning «go‘r» va «ko‘r»dan tashqari «kur» o‘zagi ham mavjud bo‘lib,
bu narsa talqinda rang-baranglikni keltirib chiqaradi;
5) «Kur» o‘zagi alp, botir, mard, kar kabi ma’nolarni ifodalaydi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 5
C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5
32. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li Zaydinoyni olib qochgach,
uni kimga nikohlaydilar?
A) Rustambekka B) Go‘ro‘g‘liga
C) Gajdumbekka D) Ahmadbekka
3 3. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada Zaydinoy
kimga nopisandlik bilan javob beryapti?
G‘o‘non toyni o‘ynatasan, Sen ko‘nglimni qabartasan. Yuraging kuysa, yo‘lovchi, Chashmaning boshiga tushib, O‘zing suv ichib ketarsan. A) Xoljuvonga B) Ravshanga
C) Go‘ro‘g‘liga D) Gajdumbekka
34. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
qahramon portreti chizilgan?
«Yarim belidan pasti uch botmon, yarim belidan yuqorisi ikki botmon. Shirin so‘zli, qizil yuzli, jodu ko‘zli, saraton yulduzli, la’l munchoqli, oyday suluv, oftobdan ortiq, oy desa og‘zi bor, kun desa ko‘zi bor». A) Bibi Hilol B) Bibi Oysha
C) Xoljuvon D) Zaydinoy
35. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li 7 yoshga yetganida kim
uning tushiga kirib quyidagi so‘zlarni aytadi?
Sarg‘aygandir Hiloloyning siyog‘i, Sening otang Yovmit shahrining begi, Bora solib keta bergin Yovmitga, Rozi bo‘lsin Hiloloyning arvohi, Arvoh rozi, Xudo rozi, farzandim... A) Bibi Hilol B) Hazrat Xizr
C) Ravshanbek D) Gajdumbek
36. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon sherni bir tarsaki
urganda sher nimta-nimta bo‘lib tirqirab ketadi?
A) Rustam B) Qo‘ng‘irboy
C) Xizr D) Go‘ro‘g‘li
37. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Gajdumbekdan qolgan barcha hovliharam
va mol-pullarga kim ega bo‘ladi?
A) Bibi Hilol B) Rustambek
C) Shohdorxon D) Ravshan
38 «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
qahramon tasvirlangan?
«Gajdumbekning cho‘ldagi yilqisini boqib yuradigan yilqiboqar bolalarning oldida hamma vaqt: «Unday qilinglar, bunday qilinglar», – deb aytib xizmat buyurib yurar edi. «Men borib, xo‘jayinlarni ko‘rib, salom berib, yillik pullarni olib, kiyim-kechak qilib kelayin», – deb Zargar shahriga yetdi». A) Hamza B) Rustambek
C) Gajdumbek D) Ravshan
39. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Hamza qulni nechta tangaga
sotmoqchi bo‘ladi?
A) 100 tanga B) 1000 tanga
C) 40 tilla D) 9 tanga
40. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi misralarni kim
kimga qarata aytgan?