Musofirman Shohdorxonning shahriga, Yovmitda Odilxon deydi bobomni, Aslim so‘rsang, yaxshi odam nasliman! A) Gajdumbek B) Hiloloy
C) Ravshan D) Jig‘alixon
108. Podshohi haqiqiy kim(lar)?
A) Olloh B) podshohlar
C) vazirlar D) noiblar
109. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi podsho achchig‘i kelib, to‘pto‘
pxonasi bilan Mari yurtini tep-tekis qilib, Qovishtixon bekni to‘pga solib
ottirib yuboradi?
A) Shohdorxon B) Odilxon
C) Ahmadbek D) Urayxon
110. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush tugagach, Shohdorxon: «E
mehmonlar, mendan maqsad tila!» – deya kimga yasovul boshliq amalini
beradi?
A) Holmonga B) Ravshanga
C) Rustamga D) Gajdumga
111. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Haq saqlasa, balo yo‘q, Haq
qarg‘asa, davo yo‘q» maqoli kimlarning tilidan aytilgan?
A) Gajdumbekning amaldorlari B) Shohdorxonning amaldorlari
C) Odilxonning amaldorlari D) Qovishtixonning amaldorlari
112. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramonning darvozasining
har chekkasida, o‘n yetti joyda qorovulxonasi borligi va shu xonalardan kattakatta
to‘plarni dalaga qaratib chiqarib qo‘yganligi tasvirlanadi?
A) Rayhon arabning B) Gajdumbekning
C) Ravshanbekning D) Odilxonning
113. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramonning maslahatga
quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni ko‘ra bilmasligi, ko‘plab
insonlarning bevaqt o‘limiga, taqdirlarining o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi?
A) Shohdorxonning B) Odilxonning
C) Qovishtixonning D) Ravshanning
114 . «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida quyidagi she’r qaysi qahramon
tomonidan kimga qarata aytilgan?
Ostingda o‘ynaydi chin tulpor oting, Rustamga o‘xshaydi shon-u shavkating. Qayerda, mehmonsan, sening elating, Ajdaho nishonim, qaydin bo‘larsan? A) Rayhon arab tomonidan Go‘ro‘g‘liga
B) Go‘ro‘g‘li tomonidan Rustamga
C) Rayhon arab tomonidan Rustamga
D) Go‘ro‘g‘li tomonidan Rayhon arabga
115. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon bilan bo‘lgan birinchi
jang necha soat davom etadi?
A) 5 soat B) 8 soat
C) 9 soat D) 10 soat
116. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Ravshanbekni necha yoshida
maktabga beradilar?
A) to‘rt yoshida B) olti yoshida
C) yetti yoshida D) besh yoshida
117. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning lashkari qancha
vaqtda Asqar tog‘iga yetib keladi?
A) 3 oyda B) 2 oyda
C) 40 kunda D) 7 kunda
118. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «Meni Shohdorxonning
odamlarining qo‘lida o‘ldirma, Har nima qilsang o‘zing qil», – deb Xudoga
yolvorib, barcha payg‘ambarlar, o‘tgan azizlarni shafe keltirib, yig‘lagan
qahramon kim?
A) Bibi Hilol B) Rustambek
C) Ravshanbek D) Xoljuvon
119. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimga qarashli otning bolasi G‘irot
(G‘irko‘k)ning isini olib, egasiga savdo tusharini bilib, qoziqda tinmasdan
aylanib yotgani aytiladi?
A) Ravshanbekka B) Gajdumbekka
C) Rayhon arabga D) Rustambekka
120. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li go‘rda tug‘ilganligi sabab,
onasining jonsiz murdasi uni tarbiyalay olmas edi. Shu o‘rinda go‘dakni
yo‘rgaklab olish uchun kimlar hozir bo‘ladilar?
A) Anbar ona va Bibi Oyshalar B) Bibi Oysha va Bibi Fotimalar
C) Xizr alayhissalom va chiltanlar D) Yusuf alayhissalom va chiltanlar
1 21. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Bibi Hilolning bo‘yida
Ravshanbekdan necha oylik gumona qolgan edi?
A) yetti oylik B) besh oylik
C) to‘rt oylik D) olti oylik
122. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podshoning farzandlarini
toping.
A) Urayxon, Ahmadbek, Bibi Oysha
B) Ahmadbek, To‘liboy, Bibi Oysha
C) Urayxon, Ravshanbek, Bibi Oysha
D) Ahmadbek, To‘liboy, Urayxon
123. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning jasadi atrofini Lot, Manot,
tilla payg‘ambar, kumush chahoryorlar o‘rab olganligidan unga dushmanlari
qo‘l tekkizmaydilar?
A) Bibi Hilolning B) Bibi Oyshaning
C) Rustambekning D) Xoljuvonning
124. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Xoljuvon Go‘ro‘g‘liga Zaydinoyni
kimga omonat ekanligini aytadi?
A) Rustambekka B) Ahmadbekka
C) Gajdumbekka D) Ravshanbekka
125. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rayhon arab qayerning podshosi
edi, unga yana qaysi mamlakatlar qarar edi?
A) Taka-Yovmitning, Zargar va Arabiston
B) Taka turkmanning, Iroq va Shirvon
C) Shirvonning, Iroq va Arabiston
D) Zargarning, Shirvon va Iroq
126. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «O‘zing tug‘may, ul bo‘lmas, sotib
olmay, qul bo‘lmas ekan. O‘zingniki o‘zagiga tepsang ham, ketmaydi ekan,
kishining bolasiga kishmish bersang ham, turmaydi ekan», – deya oh tortgan
qahramon kim?
A) Hamza B) Odilxon podsho
C) Gajdumbek D) Ravshan
127. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Ravshan kimning farzandi edi?
A) To‘liboy sinchining B) Odilxonning
C) Shohdorxonning D) Jig‘alixonning
128. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimga qarashli baytalning bolasi
o‘lib, bolasining o‘lganiga ichi kuyib, kishnab yurganligi aytiladi?
A) Rustambekka B) Ravshanga
C) Gajdumbekka D) Bibi Hilolga
12 9. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimlar baytalning orqasidan poylab
go‘ristonga boradi va Go‘ro‘g‘lini arvoh deb o‘ylab kasal bo‘lib qoladi?
A) qirqqa yaqin yilqichilar B) qirqqa yaqin dehqonlar
C) o‘ttizga yaqin yilqichilar D) o‘ttizga yaqin dehqonlar
130. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obrazning tengdoshlariga
nisbatan sho‘xliklari, o‘zidan kattalarga ham tegajoqlik va zo‘ravonlik qilishi
undagi alplik alomatlarining badiiy tasviri hisoblanadi?
A) Holmonning B) Rustambekning
C) Gajdumbekning D) Go‘ro‘g‘lining
131. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon: «Rustam kelbatli,
pahlavon, qo‘rqmas va jasur, o‘ziga ishongan podshoh. Uning mingan oti
chin tulpor bo‘lib, uni quvib yetib bo‘lmas edi», – deya ta’riflanadi?
A) Shohdorxon B) Rayhon arab
C) Go‘ro‘g‘li D) Odilxon
132. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Taka turkmanning begi kim?
A) Jig‘alixon B) Gajdumbek
C) Shohdorxon D) Odilxon
133. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon nega Taka-Yovmit
madrasalaridagi katta-kichik mullavachchalarni ayaydi?
A) hammasi yosh bola bo‘lgani uchun
B) Ravshanbekdan qo‘rqqanligi uchun
C) ularni qul qilib ishlatish uchun
D) urush boshlanayotganligi uchun
134. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida uchraydigan «mehtara» so‘zining
ma’nosini toping.
A) mehr-oqibat ko‘rsatmoq
B) suv solinadigan mesh, sanoch
C) qiblani ko‘rsatib turuvchi tomon, mehrob
D) mag‘rib tomon
135. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning to‘qson turli chitdan bo‘lgan
ko‘rpasi borligi aytiladi?
A) Bibi Hilolning B) Rayhon arabning
C) Xoljuvonning D) Xumoroyning
136. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon va Odilxon o‘rtasida
bo‘lib o‘tgan jang tufayli Go‘ro‘g‘lining ota-onasi qaysi elga borib qolib,
musofirchilikda voyaga yetadi?
A) Zargar B) Mari
C) Yovmit D) Shirvon
1 37. Xalq dostoni qahramoni – Alpomishning otini toping.
A) G‘irot B) Qora ot
C) Jiyronqush D) Boychibor
138. Podshohi majoziy kim(lar)?
A) Olloh B) podshohlar
C) vazirlar D) noiblar
139. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning hukamo, qurandoz
– munajjimlarining ichida qaysi qurandozi unga tushi ta’birini aytib berishga
jur’at qiladi?
A) Nazar B) Holmon
C) Hamza D) Yusuf
140. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Hamza sotgan qul kim?
A) Gajdumbek B) Ravshanbek
C) Rustambek D) Shohdorxon
141. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonining she’riy qismi ko‘pincha necha
misrali bandlar shaklida keladi?
A) to‘rt B) olti
C) sakkiz D) ikki
142. «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlari tarkibida qancha doston mavjud?
A) 100 dan ortiq B) 60 dan ortiq
C) 60 ga yaqin D) 90 ga yaqin