11-sinf adabiyot fani darsligi mavzulari bo‘yicha testlar to‘plami 11-sinf adabiyot 1-qism I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «GO‘RO‘G‘lining tug‘ilishi»



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə8/29
tarix23.06.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#134732
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
11-SINF ADABIYOTI MAVZULASHTIRILGAN TEST

II BOB. QADIMGI TURKIY ADABIYOT
2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY
«DEVONU LUG‘OT AT-TURK».
«DEVONU LUG‘OT AT-TURK» ASARI HAQIDA.
«ALP ER TO‘NGA MARSIYASI».
«ALP ER TO‘NGA MARSIYASI» HAQIDA.
MARSIYA HAQIDA TUSHUNCHA.
QADIMGI MAQOLLAR. QADIMGI MAQOLLAR HAQIDA.
(Darslikda 52–69-betlar)
1. Mahmud Koshg‘ariy qaysi shaharda dunyoga kelgan?
A) Koshg‘ar B) Bolasog‘un
C) Sayram D) Taroz
2. Mahmud qayerdagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan?
A) Buxoro, Marv, Nishopur, Hirot, Bag‘dod
B) Samarqand, Buxoro, Marv, Hirot
C) Buxoro, Marv, Nishopur, Bag‘dod, Samarqand
D) Xiva, Buxoro, Marv, Nishopur, Samarqand
3. M. Koshg‘ariy «Devonu lug‘ot at-turk» asarida qaysi xalqlar haqida:
«...shaharlari, qishloq va yaylovlarini, ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘otlarini
to‘pladim», – deydi?
A) o‘g‘uzlar, qipchoqlar, boshqirdlar, turkmanlar, chigillar, qozoqlar
B) turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar
C) turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlar
D) qipchoqlar, qarluqlar, qirg‘izlar, turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar
4. «Devonu lug‘ot at-turk»dan olingan quyidagi misralarning mazmunini
toping.
Aqtirur ko‘zum yo‘laq,
Tushlanur o‘rdak, yug‘aq.
A) Ko‘zim yoshlari dengizday oqadi,
Hatto unda o‘rdak, turna kabi qushlar yig‘iladi, sho‘ng‘ishadi.
B) Ko‘zim yoshlari buloqday oqadi,
Sho‘rligidan hatto unga o‘rdak, g‘oz kabi qushlar sho‘ng‘imaydilar.
C) Ko‘zim yo‘lingga zor, buloqqa yetolmagan,
Tusholmagan o‘rdak, oqqushday.
D) Ko‘zim yoshlari buloqday oqadi,
Hatto unda o‘rdak, oqqush kabi qushlar yig‘iladi, sho‘ng‘ishadi.
5 . «Devonu lug‘ot at-turk» yodgorligi vositasida biz nechanchi asrgacha
bo‘lgan adabiyotimizdagi bir qator janrlar va badiiy tasvirning o‘ziga xos
xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz?
A) IX asrgacha B) X asrgacha
C) XI asrgacha D) XII asrgacha
6. «Devonu lug‘ot at-turk» asari haqidagi no‘to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) «Devon»da yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka
yo‘naltirish kabi qadimgi turmush tarzining ayrim lavhalari mavjud.
B) «Devon»da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq bo‘lgan
she’riy parchalar katta o‘rin tutadi.
C) «Devon»da ayrim adabiy hodisalar haqida maxsus izohlar berilgan.
D) «Devon»da ayrim shaxs va joylar bilan bog‘liq afsonalar keltirilib,
qit’alar bilan to‘ldirilgan.
7. Yusuf Amiriy qalamiga mansub munozarani toping.
A) «O‘q va Yoy» B) «Boz va Bulbul»
C) «Binafsha va Chang» D) «Bang va Chog‘ir»
8. «Devon»dagi to‘rtliklar, asosan, qanday qofiyadoshlikka ega?
A) a-a-a-b B) a-b-a-b
C) a-a-a-a D) a-a-b-a
9. «Devon»dagi «Qish bilan Bahor» munozarasida qaysi tasvir usuli ustunlik
qiladi?
A) o‘xshatish B) sifatlash
C) jonlantirish D) qarshilantirish
10. «Alp Er To‘nga» marsiyasida keltirilgan turklarning qadimiy qahramoni
kim?
A) Alp Er To‘nga B) Barsg‘on
C) Barman D) Siyovush
11. «Devon»dan olingan quyidagi parchada qaysi shahar haqida gap
ketgan?
«U sariqligiga ko‘ra mis shahri demakdir. Buxoroga yaqindir. Bu yerda
Afrosiyobning qizi – Qazning eri Siyovush o‘ldirilgan. Majusiy
otashparastlar har yili bir kuni bu yerga kelib, Siyovush o‘lgan joy atrofida
yig‘laydilar. Mollar so‘yib, qurbonlik qiladilar. So‘yilgan mol qonini uning
mozori tepasiga to‘kadilar. Ularning odatlari shunday».
A) Qazvin shahri B) Dizro‘yin shahri
C) Qum shahri D) Shohijon shahri
12 . Quyidagilar ichidan noto‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Alp Er To‘nga haqidagi marsiya marsiya janrining bizgacha yetib
kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir.
B) Marsiya, odatda, jamiyat tarixida muayyan iz qoldirgan kishilarga
bag‘ishlab yoziladi yoki to‘qiladi.
C) Alp Er To‘nga haqidagi marsiya – og‘zaki ijod mahsuli hisoblanadi.
D) Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada Siyovushning faqat bek emas, balki
«beklar begi» ekanligi aytiladi.
13. Quyidagi izohlar qaysi maqolga tegishli ekanligini toping.

Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin