11- sinf biologiya, III chorak.
1.Quruqlik ekosistemalarining Yer yuzida joylashuvini qaysi omillar belgilaydi?
A)harorat va suv B)inson faoliyati C) namlik va o`simliklar D)harorat va yog`in miqdori
2.Bir xil iqlim mintaqalarida joylashgan ekosistemalar yig`indisi nima deb ataladi?
A) biomlar B) bioritmlar C) biomassa D)biosenoz
3.Sahrolarda yashovchi organizmlarni belgilang. 1.baland bo`yli daraxtlar 2. Boshoqli o`simliklar 3. Kserofit o`simliklar 4, qutb boyqushi 5. Turli maymunlar 6.yumronqoziqlar A)1,2,4 B) 3,5,6 C) 3,6 D)2,5
4.Markaziy Osiyoning qum-tuproqli cho`llarida qanday o`simliklar o`sadi?
A)qizil sho`ra , sarsazan B)sag`an, qumtariq C)buyurg`un, shuvoq D)baliqko`z,iloq
5.O`zbekiston to`qaylarida qanday o`simliklar o`sadi? A)qamish, qog`a, shirinmiya B)bambuk, izen, baliqko`z C) iloq, juzg`un, shirinmiya D) qizg`aldoq, selin , ro`vak
6.O`zbekistonning tog` o`rmonlarida muhofazaga molik o`simliklardan qaysilari o`sadi?
1.yong`oq 2. Archa 3. Lola 4. Do`lana 5.zirk. 6. Kovrak 7. Tobulg`I 8.shirach
A)1,2,3 B)2,4,8 C)5,6, 7 D)3,6,8
7.Yaylov mintaqasida o`suvchi o`simliklarni belgilang.
1.yong`oq 2. Archa 3. Lola 4. Do`lana 5. Yunona 6.yostqo`t 7. Kirpio`t 8.shirach
A)1,2,3 B)2,4,8 C)5,6, 7 D)3,6,8
8.Yaylov mintaqasida qaysi qushlar uchraydi? 1.burgut 2. Kaptar 3.bopltayutar 4. Chug`urchuq 5. Tog` zog`chasi 6. Musicha 7.laylak 8. Qaldirg`och
A)1,2,3 B)2,4,8 C)1,3,5 D)3,6,8
9.Agroekosistemalarni belgilang. A) archazor, yong`oqzor B)shaharlar, qishloqlar
C)bug`doyzor, tokzor D)yaylovlar, paxta dalalari
10.Suksessiya nima? A)ekosistemalarning tashqi omillar ta’sirida izchillik bilan boshqa ekosistemalarga almashinishi
B) organizmlarning noqulay muhitga moslashishi C)organizmlarning noqulay muhitga moslasha olmay nobud bo`lishi D) Insonlar tomonidan chidamli navlarning yaratilishi
11.Biosfera-tabiatdagi barcha tirik organizmlar va ularning qoldiqlari,atmosfera, gidrosfera , litosferaning tirik organizmlar yashaydigan yoki ular hayotiy faoliyati izlariga ega qismlarini o`z ichiga oladi . Ushbu ta’limotni kim yaratgan?
A)_ E.Gekkell B) Ch. Darvin C)Vinogradskiy D) A.Tensli
12.Biosfera (a)ning yuqori qatlamini, (b) ning barcha qatlamlarini, (c) ning quyi qatlamini o`z ichiga oladi. a,b, c nima?
A)a-tuproq, b-suv, d-olov B)a-atmosfera, b-litosfera , c- gidrosfera
C)a- biosfera , b-atmosfera, d-gidrosfera D) a-litosfera, b- gidrosfera, c-atmosfera
13.Yerning suvli qobig`i….A)gidrosfera B) atmosfera C) litosfera D) biosfera
14.Yerning qattiq qobig`i….. A)gidrosfera B) atmosfera C) litosfera D) biosfera
15.Biogen moddalarni belgilang A) o`simlik va hayvonlar B) tuproq va suv
C)neft, toshko`mir D)metoritlar, kosmik zarralar
16Tirik organizmlar biomassasining eng ko`p qismi qaerda joylashgan?
A)tudra B) sahro C) tog`larda D) tropki o`rmonlarda
17.,Yomg`ir chuvalchanglari 1ga maydonda (a) t 2 tuproqni o`z ichaklari orqali o`tkazib, (b) sm qalinlikda unumdor tuproq hosil qiladi?
A)a-25 t,b-0,5sm B) 25 kg, 1 sm C)15 t , 2 sm D) 10 t, 4sm
18.uglerodning (1), kislorodning(2), suvning (3) to`liq aylanish davrini belgilang.
A)1-200yil, 2-3000yil, 3-4500yil D) 1-260y, 2-3500y, 3-4mln y
19.Dastlabki quruqlikka chiqqan o`simliklarni belgilang.A) riniya, kuksoniya
B)yo`sin, plaun C) qirqbo`g`im, qirqquloq D) mox, lishaynik
20.Biosferaning inson tomonidan o`zgartirilgan yangi qobig`i…
A) litosfera B) gidrosfera C) atmosfera D) noosfera
Dostları ilə paylaş: |