11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Yüklə 477,74 Kb.
səhifə19/116
tarix07.01.2024
ölçüsü477,74 Kb.
#207986
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116
11-sinf ona tili (34 soat, B1 34 soat) O‘quvchilarda shakllant-fayllar.org

III.Yangi mavzu bayoni.
Darslikdagi topshiriq sharti asosida yangi mavzu bayoni tushuntiriladi.
Nutqning to`g`riligi nutq madaniyati haqidagi ta’limotning markaziy masalasidir. Madaniy nutqning boshqa barcha kommunikativsifatlari ayni shu to‘g‘rilik mavjud boigandagina yuzaga kela oladi.Zotan, to‘g‘ri bo‘lmagan nutqning aniqligi yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida gapirish mumkin emas.
Aytish joizki, nutqning to‘g‘riligi boshqa barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham nutqningto'g'riligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi bo‘lib, maktab ona tili ta’limining asosiy maqsadi ham o‘quvchilarda aynan to‘g‘ri nutqtuzish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
To‘g‘rilik sifati nutq tarkibi va qurilishining amaldagi adabiy tilme’yorlariga to`la mosligi asosida yuzaga keladi. Adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan tuzilgan nutq to‘g‘ri nutq bo‘la olmaydi.
Ma’lumki, adabiy me’yor til unsurlaridan til qonuniyatlarigauyg‘un, jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy amaliyot va an’anaga muvofiq holda foydalanishqoidalari bo‘lib, o‘zbek adabiy tilida quyidagi me’yorlar farqlanadi:1) leksik (so‘z qo‘llash) me’yorlar; 2) talaffuz me’yorlari; 3) so‘zyasalishi me’yorlari; 4) morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar;6) uslubiy me’yorlar.
Adabiy til me’yorlarining odatdagi nutqda buzilishi nutqningnoto‘g‘ri tuzilishiga olib keladi. Ammo badiiy adabiyotda muayyanestetik maqsad bilan adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari hamkuzatiladi va ular badiiylik uchun xizmat qiladi. Masalan, o‘zbektilidagi grammatik me’yorlarga ko‘ra, ega shaxs bo‘lmasa, u ko‘pliksonda bo`lsa-da, kesim ko‘plik qo‘shimchasini olmaydi. Ammo badiiy asarda tasvirga erka bir ohang berish maqsadi bilan mahoratliijodkor Abdulla Qodiriy Bu xabarni eshituvchi — Kumushbibiningqora ko‘zlari jiq yoshga to‘lib, kipriklari yosh bilan belandilar tarzidagi go‘zal jumlani tuzadi. 17-mashq shartida berilgan parchada badiiy maqsad bilan so`z yasalishi me’yorlaridan chekinish holatini izohlash so`ralgan:
Uning (Otabekning) ko‘ngil mevasi bu kungi qora voqea bilan qanday o‘ralib, yo‘qolib ketgan bo‘lsa, bundagi daraxtlar ham o‘z mevalarni kecha rangi bilan bo‘yab, yashil yaproqlari ila ko‘mgan edilar, ya’nibunda o‘sgan daraxtlar qanday meva beradir — ajratish qiyin edi. U shuqorong‘uzor bilan qo‘shilishib ketgandek va qorong‘ulikning quchog‘iga
kira borgandek mevazorning ichkarisiga yura bordi. (Abdulla Qodiriy)

Yüklə 477,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin