Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. 1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Kun yangiliklari haqida suhbat.
II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol-topshiriqlar bilan ishlash. Uy vazifasi nazorati o`tkaziladi.
III.Yangi mavzu bayoni. Savol va topshiriqlar 1. Nutqning aniqlik sifatini misollar asosida tavsiflang.
2. Shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlarning nutq aniqligini ta ’minlashdagio‘rnini izohlang.
3. Paronim so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash natijasida nutqning qaysi kommunikativsifatlariga putur yetadi?
4. Til birliklarining qanday birikuvi nutqning mantiqiyligini ta’minlaydi?
5. Nutq mantiqiyligining tilning morfologik va sintaktik sathiga bog‘liqligini tavsiflang.
6. Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiylariniayting va misollar keltiring.
7. Personajning madaniy-ma’naviy saviyasini kinoyaviy ta’kidlash maqsadidaqanday til birliklaridan foydalaniladi?
l-topshiriq. So‘zdagi ma’no nozikliklarining namoyon bo‘lishi nutqninganiqligini ta’minlashga qanday ta’sir qilayotganini izohlang.
1. Kechikib kirgan qish endi kun sayin sovug‘ini kuchaytira boshlaganedi. Qor yo‘q, lekin ertalab yalang‘och daraxtlarda va tomlarda qalinginaqirov yaltiraydi. (Oybek) 2. G ‘afur G ‘ulomning fikr-u yodi tug‘ilayotganshe’rda edi. Frontdan qaytishda bombalar portlagan o‘nqir-cho‘nqiryo‘llarda silkinib ketayotgan yuk mashinasida ham yoza berdi. (SaidAhmad) 3. Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoliyaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvillaydi; tomlarda vishillaydi, yopiqeshik va darchalarga bosh urib uf tortadi. (Abdulla Qahhor)
Yuqoridagi topshiriq asosida so`zdagi ma’no nozikliklarining namoyon bo`lishida nutqning aniqligi yuzasidan bahs-munozara o`tkazish. 2-topshiriq. Berilgan matnni o‘qing. Uning kompozitsion tuzilishinianiqlang. Kirish, asosiy qism va xulosa o‘rtasida mazmuniymutanosiblik bor yoki yo‘qligi haqida o‘rtoqlaringizbilan fikrlashing.