Yangi mavzu bayoni.
O'qituvchi darsni o'quvchilarga quyidagi savollarni berish bilan boshlaydi:
1. O'zbek tili deganda qanday tilni tushunasiz?
2.O'zbekistonda qaysi til Davlat tili? Davlat tili deganda nimani tushunasiz?
3.O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni qachon qabul qilingan?
O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, u yer yuzidagi engqadimiy va boy tillardan hisoblanadi. Bu tilning ildizlari eramizdanoldingi asrlarga borib taqaladi. O‘zbek tilida olamga mashhur ko‘plabilmiy va badiiy asarlar yaratilgan.Bugun o‘zbek tili mustaqil O‘zbekistonning davlat tili sifatidadavlatimiz ramzlari qatorida e’zoz va ehtiromga sazovordir. O‘zbektilining taraqqiyoti yurt istiqloli tufayli benihoya jadallashdi.
Bugun mustaqillik bois paydo bo‘layotgan yangi-yangi tushunchalarni ifodalash uchun, avvalo, o‘zbek tilining o‘z ichkiimkoniyatlari to‘laligicha ishga solinmoqda, xususan, yangi so‘zlaryasalmoqda (masalan, dasturchi, ahdnoma, kafolatnoma; idoralararo, hukumatlararo, davlatlararo; nodavlat, nohukumat, notijorat, nomoddiy; mahalliylashtirish, kompyuterlashtirish, modellashtirish kabi); eskirgan deb qaralgan so‘zlar qaytadan tilga olib kirilmoqda (masalan, ma ’naviyat, millatparvar, qadriyat, jarroh, matbaa, muallif,munaqqid, tashxis, tijorat kabi); til tabiatiga uyg‘un tarzda ularga yangi ma’nolar yuklanmoqda (masalan, vazir, viloyat, tuman,
hokim, zobit kabi); umrini yashab bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar nofaol zaxiradan joy olmoqda (masalan, kolxoz, sovxoz,ateist kabi). Ilgari salbiylik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar davrtaqozosiga ko‘ra ijobiy bo‘yoq kasb etmoqda (masalan, biznes,biznesmen, millioner, savdogar, fermer, janob, kapital, parlament,firma kabi). Zaruriy holatlarda esa xorijiy tillardan boshqa til vositachiligida emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri va me’yorga amal qilganholda so‘zlar o‘zlashtirilmoqda.
Darslikdagi 1-, 2-mashqlar shartlari asosida bajariladi. Tilning inson faoliyatidagi o`rni haqida bahs tashkillanadi. Asosiy g`oyani ifodalovchi ixcham matn tuziladi.
Mir Alisher Navoiyning aksariyat asarlari, xususan, «Xamsa»dagi birnecha boblar so‘z ta’rifiga bag‘ishlangan. Ularni mutolaa qilar ekanmiz,so‘zning qudrati, ta’sir kuchi, jilvasiga alohida urg‘u berilganligiga guvoh bo‘lamiz. Shoir, avvalo, hayot mohiyati hisoblangan to'rt unsur: suv,havo, olov, tuproqning ham, yetti qavat osmondagi yetti sayyoraning hamso‘z tufayli vujudga kelganini ta’kidlaydi.
Insonni hayvonot olamidan farqlovchi asosiy belgi ham so‘z ekanligini aytadi:
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin.
Shunday ekan, so‘z gavharining sharofati shunchalar yuksakki, uning qarshisida eng qimmatbaho narsalar ham qadrsizlanadi:
So‘z guhariga erur oncha sharaf,
Kim bo‘la olmas anga gavhar sadaf.
Xullas, Alisher Navoiy asarlari bizni dunyoning eng sirli mo‘jizasi hisoblangan so'zga ehtiyotkorlik va mas’uliyat bilan munosabatda bo'lishga, uni qadrlashga chorlaydi.
(M. Siddiqov)
Dostları ilə paylaş: |