11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Fanga oid kompetensiya elementlari



Yüklə 477,74 Kb.
səhifə36/116
tarix07.01.2024
ölçüsü477,74 Kb.
#207986
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116
11-sinf ona tili (34 soat, B1 34 soat) O‘quvchilarda shakllant-fayllar.org

Fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya elementlari
Muayyan axborot va hissiy holatni tinglovchiga yetkazish, unga ta’sir etishda nutqning boyligiga, sofligiga erishish.
Lingvistik kompetensiya elementlari:
Turli nutq jarayonida nutq uslublaridan to`g`ri foydalanish.
Mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi.




Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

1.Sinf davomatini aniqlash.


2.Kun yangiliklari haqida suhbat.


  1. O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.


Uy vazifasi nazorati o’tkaziladi.


  1. Yangi mavzu bayoni.


Yangi mavzu bayoni darslikdagi topshiriq asosida tushumtiriladi.


Topshiriq.
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qanday maqsad bilannutqqa olib kirilganiga diqqat qiling.
1. Agar bu sovuq sovuq kirib kelgan bo‘lmasa, ikki yosh qizning qishbo‘yi to ‘plangan ko‘ngil g‘ashliklari biroz sho‘xlik bilan ancha yozilganbo‘lardi. 2. Siz, axir, men bilan bir shapaloq yerni talashib, shuto‘g‘rida nari-beri bo`lishib, shu tufayli shaharga kelib qolgan edingiz...3. Uning yuzlari kulgan, tishsiz — kemtik og‘zi sevinch bilan ochilganedi. Akasi o ‘z gapini yedirolmagach - Qurvonbibi bilan maslahat qilibturib — masalani eshon boboga arz qildi. (Cho‘lpon)

Aniqlik sifati badiiy nutqda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi, chunki badiiy asar, ma’lumki, badiiy tafakkur mahsulidir. Badiiy nutqda obrazlilik asosiy boiganligi uchun so‘z ma’nosidagi siljishlar, ko‘chishlar ko‘p kuzatiladi. So‘z va u ifodalagan predmet o‘rtasidagi mutanosiblik badiiy nutqda ko‘pincha ochiq va to‘g‘ridan to ‘g‘ri bo‘lmaydi. Badiiy nutqning asosiy vazifasi estetik ta ’sir etishdan iboratligi uchun so'zning turlicha qo'llanishi, tovlanishi, turlanishi, xilma-xil ma’nolarni ustiga olishiga keng imkoniyat yaratadi. Badiiy nutqda so‘zlar o ‘z va hatto ko‘chma ma’nolaridan tashqari ham o‘ziga xos yangidan yangi ma’no qirralarini kasb etishi va shu tarzda badiiy tasvirning yanada aniqligini ta ’minlashi mumkin. Masalan, Miryoqub g'ururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxanda bilan kuldi, injener esa burungi kular yuzini ham no‘qtalab oldi (Choipon, “Kecha va kunduz”) gapidagi g ‘ururning kaltaklanishi vakular yuzini no'qtalamoq birikmalarida kaltaklanishi va no‘qtalamoqso‘zlari kasb etgan ma’no nozikliklari (“g'ururni azobli darajadapoymol qilish”:, “keskin va tamoman to'xtatmoq”) bilan matngaham aniqlik, ham tasirchanlik baxsh etgan. Oddiy nutqda Qor yonadi deyilsa, nutqning aniqligi buzilganbo‘ladi. Chunki qor — yonmaydigan narsa. Ammo Qalovini topsang,qor yonar degan maqolda, ya’ni badiiy nutqda fikr go‘zal, obrazli vamubolag‘ali ifodalangan. Bunday holatda nutq aniqligining buzilishihaqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.


36-mashq. Gaplarni o ‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning o ‘ziga xostarzda qo‘llanishiga diqqat qiling. Ularning nutq aniqliginita ’minlashdagi o'rnini baholashga harakat qiling. Bu haqdao'rtoqlaringiz bilan fikrlashing.

Mashq bahs-munozara tarzida bajariladi!



Yüklə 477,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin