Kun hikmati:Bor so`zni keltirsam, sig`dirmas naql,
O`zida bor odam bilar: So`z – aql.
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.
Suhbat
1 daqiqa
III bosqich O`tilgan mavzuni takrorlash
O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
Mashqlar bilan ishlash
5 daqiqa
IV Yangi mavzu bayoni
1. Yangi mavzuni o`rganish
2. 39-40-mashqlar bajariladi
Badiiy va ilmiy asardan olingan parcha ustida ishlash
16 daqiqa
V bosqich.
Mustahkamlash
1.Mashqlarbajarish. 41-mashqbajariladi.
2.Izohlilug`atbilanishlash
Izlanish
Izlanish
10 daqiqa
5 daqiqa
VIbosqich. Darsyakunivabaholash
O`quvchilarning baholarini e’lon qilish
Suhbat
4 daqiqa
VII bosqich. Uyga vazifa berish
42-mashq
Tushuntirish
3 daqiqa
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. 1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Qisqa nazorat (savol-javob).
II.O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash Test bilan ishlash.
III.Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzu darslikdagi topshiriq asosida o`rganiladi.
Topshiriq. Matnni o‘qing. Fikr mantiqidagi buzilish haqida fikrlashing.
Ulug‘ Alisher Navoiy o‘zining «Majolis un-nafois» asarida shunday birvoqeani hikoya qiladi. Bahorning yomg‘irli kunlaridan birida u «Xurosonmulkida turkiy va forsiyda malik ul-kalom» Lutfiy bilan uchrashib qoladi.Mavlono Lutfiy Amir Xusrav Dehlaviyning bir she’ridagi go‘zal ma’no vao‘xshatish haqida juda ham maqtov bilan gapirib beradi, ya’ni: «Mahbuba yomg‘irli kunda yo‘lda tiyg'anib yiqilib ketay deydi. U shu qadar go‘zal va nozikki, yog'ayotgan yomg‘ir rishtasini ushlab, uning madadi bilan o‘zini o‘nglab oladi». Bu ta’rif Navoiyga behad ma’qul tushadi. Saroydagi oliy adabiy majlislarning birida Navoiy bu o‘xshatish haqida shoh Husayn Boyqaro huzurida gapirib, shohning ham hayratlanishini kutadi. Ammo Boyqaro «Yuqoridan pastga tushayotgan yog‘in rishtasi yiqilayotgan kishi uchun madad bo‘la olmaydi», deb e’tiroz bildiradi. Navoiy Boyqaroningo‘tkir va nozik mantig‘i va she’rfahmlikdagi zakovatiga qoyil qoladi. Shoh va shoir Husayn Boyqaro mazkur holatda fikr mantiqiyligidagi buzilishniilg‘agan. (N. Mahmudov)
Nutqning mantiqiyligi haqidagi ma’lumotlar darslikdagi “Bilib oling” ruknida berilgan matn orqali tushuntiriladi:
Fikr tarkibi va qurilishining to‘g‘ri ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosidir. Nutqda til vositalarining mantiq va to'g‘ri tafakkurqonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy birikishi nutq mantiqiyliginiyuzaga keltiradi. Ana shunga ko‘ra mantiqiylik sifati nutqda so‘zlar, gaplar o‘rtasidagi mazmuniy va grammatik aloqalarning fikr mohiyati hamda uning rivojlanib borishiga qat’iy mosligi tarzida ta’riflanadi.
Mantiq va grammatika har qanday nutqning tayanchi, har qanday nutq sog‘lomligining zaminidir. Ulug‘ donishmand bobomiz Forobiy grammatika va mantiq ilmining favqulodda ahamiyati haqidaquyidagilarni qayd etgan: «Grammatika odamlar nutqini to‘g‘rilagani kabi — u shuning uchun ham vujudga kelgandir — mantiq ilmiham xato kelib chiqishi mumkin bo‘lgan joyda tafakkurni to‘g‘ri yo‘ldan olib borish uchun aqlni to‘g‘rilab turadi. Grammatikaningtilga va til ifodalariga bo‘lgan munosabati mantiq ilmining aql vaaqliy tushunchalarga bo‘lgan munosabati kabidir. Grammatika har doim til ifodalarida xatolar kelib chiqishi mumkin bo‘lganda, tilningo‘lchovi bo‘lganidek mantiq ham har doim aqliy tushunchalarda xato kelib chiqishi mumkin bo'lganda, aql o‘lchovidir».
39-mashqda ajratib ko`rsatilgan so`zlarning mantiqiylikka salbiy ta’siri haqida fikrlashiladi: chayir – shaxsga nisbatan ishlatiladi, ko`tarilib qolardi – gapdagi uyushiq hollarning ma’nosiga mos tushmagan, olib borardi – boshqarardi, qiliqlari, ovozi eshitilib – uyushiq qismlarga noto`g`ri bog`langan,hadsiz – makonga nisbatan qo`llanadi.
40-mashq. Gaplarni o‘qing. Nutqning mantiqiyligi buzilgan o‘rinlarnitoping va izohlang.
Qish. Yanvar havosi juda sovuq. Laylakqor hadeb savalagani-savalagan. (S. Ravshanov)