III. Yangi mavzuni mustahkamlash 41-mashq. Berilgan parchani o'qing, unda so‘z ma’nosiga e’tiborsizlik natijasida yuzaga kelgan mantiqiylikning buzilishini tahlil qiling.
Chuqur atrofida biroz yurgandan so‘ng it iz bo‘ylab olg‘a tashlandi.Mana, birdan to`xtab qoldi. Tumshug‘i bilan yerni turtdi-da, oldingi oyoqlari bilan qorni titkilay boshladi... It tashvishli g‘ingshib leytenantga suykaldi, so‘ng yerni iskagancha, chuqurga, jilg‘a tomonga yo‘l oldi.Chuqurda qor bosilib, qalinlashgan. It o‘sha tomon o‘zini otdi, nihoyat,jilg‘a oldida taqqa to‘xtadi. G‘azabli irillab, usti muzlagan qorni tirnoqlari bilan qaziy boshladi. Qor ostida allaqanday qora narsa ko‘rindi. It oldingi oyoqlarini mahkam tirab, o‘sha qora narsani tishlari bilan tishlab, butunkuchi bilan torta boshladi...
Qish kunlari qisqa: bu yondan u yonga qaraguningcha qorong‘i tushadi. Sovuq qahriga olib boryapti. Men goh sakrab hakkalayman, goh qo`llarimni ishqalayman. Boshqalar ham mendan qolishmaydi. Sovuq jonnitindirmagani shu boisa kerak-da. (M. Nasibullin)
Lug`at bilan ishlash:
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Nog‘orasiga o‘ynamoqKimningdir izmi, yo‘l-yo‘rig‘i bilan ish ko‘rmoq. Varianti: nog‘orasiga o‘ynatmoq; childirmasiga o‘ynamoq. Oyog‘iga bolta urmoq Mavqeyidan mahrum etadigan zarba yetkazmoq. Ma’nodoshi: payini qirqmoq. IV . Darsni yakunlash. Bildirilgan fikrlar tinglanadi, to`ldiriladi va qo`shimchalar kiritiladi.
V. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savol va topshiriqlar bilan ishlash va 42-mashq.
O’TIBDO’ ________N.Qodirov
Sana :28.11.2019