IV. Yangi mavzuni mustahkamlash Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi 45-mashq sharti asosida bajariladi.
Lug`at bilan ishlash.
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting.
Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Og‘zining tanobi qochmoq Behad sevinmoq, xursandligi tufayli lab-lunjini yig‘ishtirib ololmaslik. Ma ’nodoshi: og‘zi qulog`iga yetmoq; boshi ko‘kka yetmoq; terisiga sig‘may ketmoq; qo‘yi mingga yetmoq. Payiga tushmoq 1. Zimdan yurib butun xatti-harakatini ta’qib qilmoq. Ma ’nodoshi: iziga tushmoq; ketiga tushmoq; orqasiga tushmoq.O‘xshashi: payidan tushmoq. 2. Manfaatdor bo‘lgani holda berilib harakat qilmoq. Ma’nodoshi: ketiga tushmoq.
V . Darsni yakunlash. Bildirilgan fikrlar tinglanadi, to`ldiriladi va qo`shimchalar kiritiladi.
VI. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi
VII. Uyga vazifa. Darslikdagi 46-mashq va savol-topshiriqlar bilan ishlash.
O’TIBDO’______________Mamatov.Sh
Sana:5.12.2019
11-sinf ona tili
Mavzu:
Nutqning mantiqiyligiga putur yetkazuvchi holatlar
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Matn, mazmuniy sintaktik bog`lanish, kompozitsion bog`liqlik.