DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Usul
|
Vaqt
|
I bosqich. Tashkiliy qism
|
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Kun hikmati: So`zlamoq ersang gapingni burkama pardoz bilan,
Kelsa kim qoshingga, boqqin e’tibor, e’zoz bilan.
Jism-u jonning birla tingla do`st-u yorlar suhbatin,
Inson insondir hamisha ham fikr, ham roz bilan.
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.
|
Suhbat
|
1 daqiqa
|
III bosqich O`tilgan mavzuni takrorlash
|
O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
|
“Klaster”
|
5 daqiqa
|
IV Yangi mavzu bayoni
|
1. Yangi mavzuni o`rganish
2. 43 – 44-mashqlar bajariladi
|
Izohli frazeologik lug`at bilan ishlash
|
16 daqiqa
|
V bosqich.
Mustahkamlash
|
1.Mashqlarbajarish. 45-mashqbajariladi.
2.Izohlilug`atbilanishlash
|
Izlanish
Izlanish
|
10 daqiqa
5 daqiqa
|
VIbosqich. Darsyakunivabaholash
|
O`quvchilarning baholarini e’lon qilish
|
Suhbat
|
4 daqiqa
|
VII bosqich. Uyga vazifa berish
|
Darslikdagi 46-mashq.
|
Tushuntirish
|
3 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Qisqa nazorat (test sinovi).
II.O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash “Tezkor savol-javob”
1. Nutqning mantiqiyligi deganda nimani tushunasiz?
2. Nutq mantiqiyligi nutqning qaysi sifatlarisiz to‘liq namoyon bo`lolmaydi?
3. So‘zlovchi mantiqan to‘g‘ri nutq tuzishi uchun ona tili fanining qaysi bo‘limlariga oid bilimlarga ega bo‘lishi kerak?
4. Abu Nasr Forobiyning grammatika va mantiq haqidagi fikrlarini tushuntiring.
5. Tilshunoslikning qaysi sohasiga doir bilimlar so‘zlarning bog`lanish munosabatlarinimuvofiqlashtirib turadi?
III.Yangi mavzu bayoni.
Darslikdagi 1-topshiriq bajariladi.
Topshiriq. Berilgan gapni o‘qing va qaysi til vositasini noto‘g‘riqo‘llash tufayli nutqning mantiqiyligi buzilganini izohlang.
Sudning kimyoviy ekspertizasi T. Bo‘riyevning qo‘llari, kurtkasiningchap cho‘ntagida maxsus kukun izlari mavjudligi, kukunlar tarkibi hambir-biriga mosligi aniqlandi. (Gazetadan)
aniqlandi fe’li aniq nisbatda berilishi kerak yoki ekspertizasi so`zidan keyin natijasida so`zi qo`llanishi kerak.
Bilib oling.
Nutqning mantiqiyligi ifoda nuqtayi nazaridan ko‘proq tilning morfologik va sintaktik sathi bilan bog‘liqdir. Har qanday sintaktik birlikning nutqda o‘z mantiqiy-grammatik o‘rni bor.Gapda so‘zlar tartibining to‘g‘ri, tilning sintaktik tabiatiga uyg‘un bo'lishi mantiqiy nutq tuzishda jiddiy ahamiyatga molikdir. So‘z tartibidagi nuqson jumlada ifodalangan fikrning mantiqan yanglish yoki ikkiyoqlama anglanishiga olib keladi. Masalan, Loqaydlik tufayli ko‘rsak ham, indamaymiz tarzidagi jumlada so‘z tartibidagi nuqsonsababli fikr ikki xil tushunilishi mumkin, ya’ni «loqaydlik tufayli ko‘rish» (bu, albatta, mantiqqa zid) va «loqaydlik tufayli indamaslik». Aslida, ifodalanmoqchi bo‘lgan fikr — ularning ikkinchisi. Jumladagi
so‘z tartibi Ko'rsak ham, loqaydlik tufayli indamaymiz tarzida tuzilsa, mantiq to`g`ri ifodalanadi.
43-mashq. Gaplarni o‘qing. Gap qurilishidagi kamchiliklar tufayli yuzaga kelgan yanglishlik haqida bahslashing. Namuna:3. Bobom bu yil askarlarimizga,kam deganda, uch vagon qovun-tarvuz jo‘natmasam, do‘ppimni osmonga otaman deb, kecha-kunduz polizdalar. (S. Ravshanov)
44-mashq. Gaplardagi grammatik vositalarning noto‘g‘ri qo‘llanishiga ko‘ra yuzaga kelgan mantiqiy nuqsonlarni izohlang.
1. Fursatdan foydalanib, institut jamoasi va ekspertlari nomidan,barcha yurtdoshlarimizni Yangi 2018-yil bilan chin dildan qutlaymiz vaoldimizda turgan ulkan vazifalarni bajarishda bir tan-u bir jon bo‘lib, bir yoqadan bosh chiqarib, yurtimiz ravnaqi uchun hormay-tolmay ishlashlariga chaqiraman. (Gazetadan)
Dostları ilə paylaş: |