1991-yilning avgustida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Hindistonga tashrif buyuradi. 1991-yilning noyabrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga asos solindi. 1991-yilning oktabr-noyabr oylarigacha O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini dastlabki variant 2.5 yil urunishlardan so’ng tayyorlab bo’lindi. 1992-yil “Vatan taraqqiyoti” partiyasi tashkil topgan. 1992-yil 10-dekabridabo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida” gi qonun qabul qilindi.
1992-yil 13-oktabrdaO‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. 1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarorlarni qabul qildi. 1992-yil 27-martdaO‘zbekiston Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 1992-yil 2-iyuldaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 1992-yil 2-iyulda O‘zbekistonda“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 1992-yil 2-martda O‘zbekiston Respublikasi BMTga qabul qilindi. 1992-yil 4-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.