1992-yil mart oyida Toshkent shahrida “Asrlarga tengdosh navolar” ko‘rik tanlovi tashkil etildi. 1992-yil martda Toshkentda birinchi bo‘lib AQShning elchixonasi ochildi. 1992-yil martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ilmiy kadrlar tayyorlanishini tashkil etuvchi vakolatli organ – Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi.. 1992-yil mayoyidagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati tasarrufida Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashkil etildi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. 1992-yil Qirg‘iziston Prezidenti Askar Akayevning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi amalga oshiradi. 1992-yil Sharof Rashidov tavalludining 75 yilligi keng nishonlanadi. 1992-yil yanvarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi. 1992-yil yanvarda Xitoy bilan O’zbekiston o’rtasida diplomatic munosabatlar o‘rnatildi. 1992-yildailk bor Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi. 1992-yilda Oʻzbekistonda kurash federatsiyasi tashkil etildi. 1992-yilda Qur’oni Karim Alouddin Mansur tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va uch marta, jami 300 ming nusxada bosmadan chiqarildi.