11-sinf tarbiy



Yüklə 82,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/96
tarix22.09.2023
ölçüsü82,8 Mb.
#146827
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Tarbiya 11-sinf UZ

Ijodiy faoliyat
II bob. Inson ma’naviyati


49
Tarbiya, 11-sinf
Missionerlar o‘z faoliyatlarini quyidagi usullar orqali olib boradilar:
– yoshlarga ingliz, koreys tilini, kompyuterda ishlashni o‘rgatish bahonasida 
o‘quv kurslari ochish va mazkur joylarda o‘z diniga targ‘ib qilish;
– xorijga o‘qishga, ishga yoki chet el fuqarosi bilan oila qurish uchun jo‘natish-
dan foydalanish;
– bolalar va o‘smirlarni yoz faslida tog‘li hududlardagi dam olish orom- 
gohlariga jalb qilish va shu yerda ularga ruhiy ta’sir o‘tkazish; 
– xayriya yordami ko‘rsatish (pul, dori-darmon, kiyim-bosh, oziq-ovqat 
mahsulotlari tarqatish), uy ta’mirlashda ko‘mak berish davomida missionerlik 
harakatlarini olib borish;
– bepul tibbiy yordam ko‘rsatish bahonasida bemorga ta’sir o‘tkazish;
– ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga echki, sigir olib berish, bayram kun-
lari mahallalarda bolalarga sovg‘alar tarqatish, “Muruvvat” va “Saxovat” uylari-
da bayram stollari tashkil etish.
Missionerlarning faoliyati sababli: XX asrning 70-yillarida AQSHning 
San-Fransisko shahrida Jim-Jons ismli shaxs asos solgan “Xalq ibodatxo-
nasi” nomli tashkilot faoliyati natijasida 912 kishi, Texas shtatida Devid
Koresh shakllantirgan “Dovud avlodi” nomli sekta faoliyati oqibatida 100 ga 
yaqin, AQSHda paydo bo‘lgan “Osmon darvozasi” sektasi a’zolarining 60 dan 
ortig‘i, Ugandada yuzaga kelgan “Xudoning o‘nta buyrug‘ini qayta tiklash
harakati” sektasi a’zolarining 1000 dan ziyodi o‘z joniga qasd qilgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasini Davlat va 
huquq asoslari fanidan o‘tilgan “Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar” 
mavzusiga bog‘lang va tahlil qiling.
2. Amir Temur: “Yana buyurdimki, lashkarlarning uchdan bir qismi che-
garalarni qo‘riqlash ishiga belgilansin, qolgan ikki qismi esa doim saltanat
xizmatiga hozir tursin”.
a) Amir Temur nima uchun shunday yo‘l tutgan? Mulohaza yuriting.
b) “Temur tuzuklari”dagi bu fikrning yurt tinchligiga ta’sirini tahlil qiling 
va ish daftaringizga yozing.
?

Yüklə 82,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin