11-sinf tarbiy



Yüklə 82,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/96
tarix22.09.2023
ölçüsü82,8 Mb.
#146827
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96
Tarbiya 11-sinf UZ

Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat


46
1. Rasmlarni izohlang. Hikoya tuzing.
2. 11-rasmdagi holatning oldini olish mumkinmi? O‘smirning bu harakatlari 
jamiyat tinchligiga ta’sir ko‘rsatadimi?
3. 5-, 6-rasmlardagi holatni “manqurtlik” deyish mumkinmi? Nima uchun?
4. Missonerlik va prozelitizmning asl maqsadi nima?
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
?
Ijodiy faoliyat
II bob. Inson ma’naviyati


47
Tarbiya, 11-sinf
Arosat
Safardan qaytgan Salohiddin va Matluba O‘rmonxonning idorasiga kelishdi. 
– Safarlar qalay bo‘ldi, Salohiddinboy? – dedi O‘rmonxon minnat va istehzo 
ohangida. 
– A’lo darajada! Borganimizda hamma biz bilan yaxshi munosabatda bo‘ldi. 
Undan keyin ko‘p narsani o‘rgandik. Ko‘o‘o‘p narsani o‘rgandik... Eng qizig‘i, 
yarim yil qanday o‘tib ketganini bilmay qolibmiz... 
Matlubaning birovdan katta qarz olib, uni qanday qaytarishni bilmay, “Endi 
nima bo‘ladi?” degan o‘ylarini erining tomoq qirishi buzib yubordi. Darhol ser-
gak tortdi-da, o‘rgatilgan to‘tiqushdek sayray boshladi: 
– Sizning yordamingiz bilan shu darajaga erishdik. Buning uchun sizdan 
o‘la-o‘lguncha minnatdormiz, O‘rmonxon aka.
Xuddi shunday, – xotinining gapini ma’qulladi Salohiddin.
– Yaxshi, yaxshi, bu – boshlanishi. Hali birgalikda ko‘p ishlar qilamiz...
Matluba “yana nima?”, “qanday ishlar?” degandek eriga qaradi. Uning qara- 
shini sezib turgan Salohiddinning yuz ifodasi ham o‘zgarmadi. Nigohi O‘rmon- 
xonda edi. 
– Sizlar xorijda o‘qib, ancha-muncha narsani o‘rganib keldingiz-a? Endi 
odamlarning orasiga kirib, o‘zbek tilida tushuntirish ishlarini olib borasiz. Saf-
doshlarimizni yanayam ko‘paytirishimiz kerak.
– O‘rmonxon aka, hammasi xuddi siz aytganday bo‘ladi, – dedi Salohiddin 
tamagirlik bilan. Matluba eriga “To‘g‘ri gapiryapmanmi?” degandek bir qarab 
qo‘ydi-da:
– Men mahalla-ko‘yda xotin-qizlarni shu yo‘lga da’vat qilaman, – dedi.
– Eng avvalo, yordamga muhtoj, hayotda qiynalgan odamlarni topish kerak. 
Bunday kishilarni pul bilan avrash oson. 
Uning bu gapi Matlubaga “Pulini oldilaringmi, endi aytganimni qilasan...” de-
gandek eshitildi. O‘rmonxon topshiriqni davom ettirib:
– Muhimi, e’tiqodi zaif yoshlarga e’tibor berishimiz kerak. Chunki kelajakda 
ularni... 
O‘rmonxonning gapini Salohiddin bo‘ldi-da:
– Boshqarish oson bo‘ladi, – deb o‘zining xayrixohligini namoyish qildi.
1. “E’tiqodi zaif yoshlar” deganda kimlarni tushunasiz? Nima uchun?
2. Salohiddin va Matluba qanday sabablarga ko‘ra missionerlik yo‘liga kirib 
qolgan deb o‘ylaysiz?
3. O‘rmonxonning asl maqsadi nima edi? Salohiddin va Matlubaning safar 
xarajatlariga homiylik qilishdan maqsadi nima bo‘lgan?
?

Yüklə 82,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin