41
Tarbiya, 11-sinf
Ushbu metodika insondagi stress darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Yo‘riqnoma:
12 ta holat taqdim etiladi. Tegishli javoblarga quyidagicha ball
qo‘yiladi:
Juda tez-tez – 6 ball
Tez-tez – 5 ball
Ba’zan – 4 ball
Kamdan kam – 2 ball
Hech qachon – 1 ball
1) Yomon uxlaysiz;
2) Doimo charchab yurasiz;
3) Beixtiyor noodatiy (tizzalarni qimirlatib o‘tirish, tebranish, barmoqlarni
tishlash va b.) harakatlar qilasiz;
4) Do‘stlaringiz bilan uchrashishni xohlamaysiz va yolg‘iz qolishni istaysiz;
5) Ko‘p terlaysiz;
6) Jizzaki bo‘lib qolgansiz;
7) So‘nggi paytlarda besabab yig‘lab yuboradigan odat chiqargansiz;
8) Nafas siqishidan qiynalasiz;
9) Bezovta yurasiz;
10) Ishtahangiz ba’zan yaxshi, ba’zida yo‘qoladi;
11) Oshqozoningiz faoliyati buzilib turadi;
12) Goh u yeringiz, goh bu yeringiz og‘rib turadi.
1. Dunyoda qancha davlat va millat bor?
2. Jahondagi barcha millat, elat, irq va din vakillarini bir xil holatga keltirish
mumkinmi?
3. Ikki xil millat vakili o‘zaro janjallashayotganini ko‘rsangiz, ularni
kelishtirish uchun qanday so‘zlarni aytgan bo‘lardingiz?
4. Islom dinida boshqa din vakillari bilan qanday muomalada bo‘lishga
chaqirilgan?
5. Dunyo dinlari haqida ma’lumotga egamisiz? Qanday dinlar borligini
manbalardan o‘qing.
?
Dostları ilə paylaş: