36
8–9-MAVZU: KSENOFOBIYA
1.
Ksenofobiya, xristianofobiya, yudofobiya, islamofobiya
degan atamalarni
eshitganmisiz? Ularning mohiyatini ochib berishga harakat qiling.
2. Qo‘rquvga qanday hodisalar ko‘proq sabab bo‘ladi?
3. Qo‘rquvni yengish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
4. Sun’iy qo‘rquv nimaligini bilasizmi? Biologik qo‘rquv bilan sun’iy
qo‘rquvning farqi nimada?
Ksenofobiya – (yunon.
ksenos – begona; fobos –
qo‘rquv) begona, notanish
bo‘lgan narsa yoki tushun
-
chadan qo‘rqish ma’nosini
anglatadi.
Tibbiyotda bu so‘z in
-
sondagi
notanish shaxs,
narsa, hodisa va bosh
-
qalardan qo‘rqish yoki
ulardan nafratlanish
tuyg‘ularini bildiradi. Be
-
gona
narsalardan yotsirab
qo‘rqish, ayniqsa, yosh
go‘daklarda yaqqol
namoyon bo‘ladi.
Ksenofobiya bu tabiiy bo‘lmagan, in-
sondagi biror notanish narsaga nisbatan
haddan ortiq nafrat hissining
yuzaga keli-
shi, asab tizimining izdan chiqishi holatidir.
Insondagi ushbu psixologik xususiyat har
qanday yangilikni, u yaxshi yoki yomon
bo‘lishidan qat’i nazar,
hadiksiragan holda
qabul qilishdan iborat.
O‘z davrida Nikolay Kopernik (1473–
1543), Galileo Galiley (1564–1642), kabi
olimlarning olamshumul ixtirolari katta
shubha va qo‘rquv bilan qabul qilingan.
XIX asrda mahalliy xalqlar o‘rtasida “Tu-
nuka tom yopilgan uyga farishta kirmaydi”,
“kartoshka – musulmonning taomi emas”
kabi mutaassibona fikrlar tarqalgan.
Bunday gaplarni eshitganda kulib qo‘ya-
siz. Ammo XXI asrdagi sivilizatsiya jarayon-
lari jadallashuvi
davrida ham insonlar orasi-
da ijobiy yangilikka nisbatan qo‘rquv hissi
yo‘qolmadi. Qo‘rquvning obyekti o‘zgardi,
xolos.
Dostları ilə paylaş: