Ma’lumot uchun
38
Diniy ksenofobiyadan tashqari etnik, milliy, irqiy ksenofobiya turlari mav-
jud. Biror xalqqa (etnosga) nisbatan hadiksirash, qo‘rquv bilan qarash va shu
qarashlar bilan bog‘liq xatti-harakatlar etnik ksenofobiyaning bir ko‘rinishidir.
Ommaviy axborot vositalarida “terrorizm” va “islom” so‘zlari ko‘p holatlarda
birgalikda ishlatilmoqda, oqibatda islomdan qo‘rqish – islamofobiya tushuncha-
si yuzaga keldi.
Islamofobiya ba’zan “diniy kamsitish” (diniy diskriminatsiya) ko‘rinishida
namoyon bo‘lishi mumkin.
“Diniy kamsitish” kishilarning haq-huquqlarini diniy mansubligiga ko‘ra
chegaralashdan iborat.
Islom dinini o‘ziga niqob qilib olgan ekstremistik guruhlarning faoliyati
islamofobiyaning kuchayishiga olib keladi.
Bunday guruhlar islom manbalari-
ni buzib, o‘z manfaatlariga mos ravishda
talqin etadilar. Shuningdek, ular o‘z man-
faatlari yo‘lida hech qanday muqaddas
narsani – din-u diyonatni, millat va Vatan-
ni tan olmaydilar. Bunday guruhlarni
islom nomi bilan bog‘lash, ular olib bo-
rayotgan xunrezliklarni “islomning shart-
lari” sifatida talqin etish mumkin emas.
1. Islamofobiya jamiyatdagi tinchlik va barqarorlikka qanday ta’sir
ko‘rsatishi mumkin?
2. Diniy ksenofobiya hamda etnik, milliy, irqiy ksenofobiyaning o‘ziga xos va
umumiy jihatlarini aniqlang.
Diniy
Etnik
Irqiy
Milliy
?
Mulohaza uchun
?
Ijodiy faoliyat
Diniy ksenofobiyaning
ko‘rinishlari boshqa jahon
dinlariga nisbatan ham
ishlatiladi. Masalan, xris-
tianlik diniga nisbatan sal-
biy munosabat “xristiano-
fobiya”, yahudiylik diniga
nisbatan salbiy munosabat
“yudofobiya” deb ataladi.
II bob. Inson ma’naviyati
|