21
Tarbiya, 11-sinf
5-MAVZU: OILA MAS’ULIYATI, SHA’NI VA QADRI
1. Rasmlardan foydalangan holda oila ma’naviyati
haqida
o‘z tushunchangizni ayting.
2. Oilaning muqaddasligi nima bilan o‘lchanadi?
3. Oilaga ta’rif berilganida “Oila mo‘jaz Vatandir”, deyila-
di. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi? Javobingizni asoslang.
4. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan
oilaviy
qadriyatlar yoritilgan lavhalarni eslang.
Oiladagi muhit insonning o‘ziga xos ma’naviyati,
dunyoqarashi, tasavvur va e’tiqodi shakllanishida, yuksa-
lishida muhim omil bo‘ladi. Inson
qalbi va ongidagi eng sof,
pokiza tuyg‘ular, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlar aynan
oila bag‘rida shakllanadi.
Bu muqaddas dargohda
nafaqat farzand dunyoga keladi,
balki ma’nan va axloqan go‘zal tarbiya egasi bo‘lgan inson
voyaga yetadi. Oila shunday makonki, unda avlodlar kamol
topadi. Ajdodlarimiz azaldan oila
mustahkamligi, sog‘lom
avlod tarbiyasiga doimo e’tiborda bo‘lganlar. Bunday e’tibor
avlodlar qalbi va ruhiyatiga singdirib borilgan.
1. “Bu muqaddas dargohda ma’nan va axloqan go‘zal
tarbiya egasi bo‘lgan inson voyaga yetadi” degan fikrni
rasmlar asosida izohlashga harakat qiling.
2. “Inson
qalbi va ongidagi eng sof, pokiza tuyg‘ulari,
ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlar” deganda nimalarni
tushundingiz? Misollar keltirishga harakat qiling.
3. Aka-uka, opa-singil munosabatlarida mas’uliyat
bormi? Javobingizni asoslang.
4. 5-, 6-rasmlar asosida hikoya tuzing. Rasmlarni
qanday
nomlagan bo‘lardingiz?
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
?
?
Ijodiy faoliyat
?
Dostları ilə paylaş: