1. Oilaviy farovonlik tushunchasiga ta’rif bering.
2. Bugungi kunda mamlakatimizda oila
masalasiga qanday ahamiyat
berilmoqda? Bu haqidagi fikringizni asoslang.
3. “Oila – muqaddas qo‘rg‘on”. Mazkur tushunchaga 21-betda berilgan
rasmlar orqali ta’rif bering.
Oila har bir
xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy
qadriyatlar-
ning rivojini ta’minlovchi muqaddas maskan hamdir. Oilada biz va avlodlarimiz
tarbiya topib, ulg‘ayamiz, dunyoni anglaymiz hamda barchamiz turli fe’l-atvor
kasb etib boramiz.
1. Oilada ota-onangiz siz yoki uka-singillaringizni erkalab qanday ezgu
so‘zlarni aytadi?
2. Oilaning mustahkamligiga siz qanday hissa qo‘shasiz?
Fikringizni asoslang.
3. Quyidagi matnni o‘qing va o‘z
oilangizdagi holat bilan
solishtiring.
Olimlarning aniqlashicha,
tabiatda odamlar, kitlar va fillarning oilasi
-
da “bobo” yoki “buvi” bor ekan. Filchalar 5 yoshgacha
buvilari bilan birga
yurar ekan. Katta yoshli fillar yosh fillarning tarbiyasi bilan shaxsan shug‘ulla
-
nadi. Ular yosh fillarga ozuqa topish, tuzoqlardan himoyalanish, boshqa fillarni
hurmat qilish kabi yashash qoidalarini o‘rgatadilar.
Oila azaldan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oila a’zolari muayyan
turmush tarziga, tartib-qoidalarga rioya qilgan.
Tajriba orttirish, saranjomlik va
tejamkorlik, qat’iylik va to‘g‘riso‘zlik singari odob-axloq me’yorlarini kamol top-
tirish azaldan oilaning asosiy vazifasi bo‘lib kelgan.
Agar oilada hamkorlik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat, bir-biriga
ishonch kuchli
bo‘lsa, rostgo‘y, samimiy, mehribon, o‘z
yaqinlari, qarindosh-urug‘lari, qo‘shni-
lariga doimo yordam berishga tayyor bo‘lgan insonlar voyaga yetadi.
?
Ijodiy faoliyat
?
Dostları ilə paylaş: