20
1. “Vatanimizning fidoyi farzandlari” deganda aynan qanday yoshlar nazarda
tutiladi?
2. QR kodni skanerlang. Siz kelajakka qanday qadam qo‘yyapsiz? Qanday
iqtidorim bor deb o‘ylaysiz? Bu iqtidoringizni rivojlantirish uchun nimalarga
e’tibor qaratishingiz kerak?
3. Mustaqil hayotga qadam qo‘yishda qanday qoidalarga amal qilishni tak-
lif etasiz? Ro‘yxatini tuzing va har bir taklifingizni asoslang. Mustaqil hayot yo‘l
ko‘rsatkichlarini ishlab chiqing. Bunda Davlat va huquq asoslari fanidan olgan
bilimlaringizdan ham foydalaning.
1. Mehnatning samarasi insonning munosib yashashi uchun zaruriyat,
desak, uning natijasi jamiyat ravnaqiga qanday ta’sir etadi?
2. Tarix fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, quyidagi shaxslаr qan
-
day qilib ko‘pchilikni o‘z ortidan ergashtira olganligini ayting. Siddhartha
Gautama (Budda), To‘maris, Yuliy Sezar, Konfutsiy, Spartak, Iso Masih (a.s),
Spitamen, Muhammad payg‘ambar (s.a.v), Najmiddin Kubro, Amir Temur,
Mahatma Gandi, Nelson Mandela, Ismoil Gaspirali, Mahmudxo‘ja Behbudiy.
Ota o‘limidan oldin farzandini chaqirib, qo‘liga bir soat tutqazdi:
– Bu soat 200 yil oldin yasalgan. Bizga bobongning bobolaridan
meros qolgan. Sen buni mahalla boshidagi soatsozga olib borib, sotmoq-
chi ekaningni ayt va uning javobini menga yetkaz, – dedi.
O‘g‘il borib, soatsozdan “Buning eski ekan, besh dollar beraman”
degan javobni olib keldi.
– Endi buni noyob narsalar sotiladigan do‘konga olib borgin, – dedi ota.
U yerga borgan o‘g‘il do‘kondorning “besh ming dollar beraman” degan
javobi bilan qaytdi. Ota yana o‘g‘lini yubora turib:
– Endi buni davlat muzeyiga olib borib, sotmoqchi ekaningni ayt, – dedi.
Muzeyga borib, otasi yoniga juda hayratlangan holda qaytgan o‘g‘il:
– Muzeydagilar bir mutaxassisni chaqirtirib, uni yaxshilab tekshirgach, shu
bir parchagina temirni bir million dollar deb baholashdi-ya! – dedi.
Shunda ota:
– Bolam, avvalo, hamma narsa ham vaqt hukmiga bo‘ysunib, eskirmaydi.
Shunday qadriyatlar borki, yillar o‘tgani sayin bahosi oshib boradi. Bebaho
milliy qadriyatlarimizni asra va kelajak avlodga yetkaz.
?
Dostları ilə paylaş: