106
Umuminsoniy qadriyatlarga ko‘ra, halol-harom masalasida qat’iyatli bo‘lib,
ularni bir-biridan ajratib olish komil insonga xos belgidir. Qaysi bir odam bi-
rovning haqqidan qo‘rqsa,
kasb tanlash, rizq-nasiba topishda haromdan hazar
qilsa, demak, u halollikka intilibdi.
Ahamiyat bersak, xalqimizda halollik va nopoklik haqidagi ibratli hikmatlar
ko‘p. Mana shunday ikki qarama-qarshi dunyoqarash asosida paydo bo‘ladigan
og‘ir savollar odamzod ongli yashay boshlagan zamonlardan buyon uni o‘ylan-
tirib, qiynab keladi.
Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p:
yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishta-
lik. Agar e’tibor
bersangiz, halol insonning dili va yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘ bo‘ladi.
Buzilgan ko‘prik uchun javob
Abdulloh ibn Umar o‘z otasiga aytgan ekan:
– Ey ota, olamdan o‘tsangiz, sizni ikkinchi yo
uchinchi kechada tushimda
ko‘rishni istayman.
Vafotidan o‘n ikki yil o‘tib ham otasi tushiga kirmabdi. O‘n ikki yildan keyin-
gina tushida otasini ko‘ribdi. O‘g‘li undan so‘rabdi:
– Ota, siz menga uch kechadan keyin tushingga kiraman, degan edingiz-ku!
Otasi javob beribdi:
– Naharvonda bir ko‘prik buzilgan va xizmatchilar uni tuzatmagan ekan-
lar. Qo‘ylar shu ko‘prikdan o‘tayotganda birining oyog‘i teshikka tushib sinibdi.
Hozirgacha shuning javobini berdim.
Nizomulmulk, “Siyosatnoma”dan
1. Hikoyadagi vaziyatni mas’uliyat, halollik va
burch kabi fazilatlar bilan
bog‘lab tahlil qiling.
2. Siz o‘z zimmangizdagi vazifalarga qanday munosabatda bo‘lasiz? Ularni o‘z
vaqtida va ko‘ngildagidek bajaraman deb o‘ylaysizmi?
3. Kun davomida samarali sarflagan vaqtingizni hisoblang (bunga tungi
7–8 soatli uyquni ham qo‘shing). Bir kunlik aniqlagan vaqtingizning
hisobini bir
oyga ko‘paytiring. Uni yillarga ko‘paytirib ko‘ring-chi?
4. Ishlaringizni rejalashtirishga odatlaning.
?
Dostları ilə paylaş: