109
Tarbiya, 11-sinf
Bigizga aylangan to‘g‘nag‘ich
“O‘g‘lingiz har kuni bigiz bilan meshlarimni teshyap-
ti. Sizday ulug‘ odamning farzandiga shu ish munosib-
mi?” Donishmand mulzam bo‘lib, uzr so‘rabdi, meshlar-
ning haqqini to‘labdi-da, xotinini chaqirib voqeani bayon
qilibdi.
So‘ng: “Biz bolamizga bunday tarbiya bermagan
edik. Luqmasiga harom aralashib qolmadimikan?” – deb so‘rabdi. Xotini picha
o‘ylagach: “Siz nima topib kelgan bo‘lsangiz, biz o‘shanigina yeymiz. Bizdan
gumoningiz noo‘rindir”, – debdi.
Ota: “Men uyga harom luqma keltirganimni eslay olmayapman. Tongga
qadar yana o‘ylaylik”, – debdi.
Tongda xotini aybdor odamning siniq ovozi bilan debdi: “...bir voqeani bexos
esladim: shu bolaga homilador ekanimda mehmonga borib edim. Dasturxon
noz-ne’matga to‘la edi. Undagi po‘rtaxol (apelsin) ishtahamni qitiqlab, nafsimni
o‘zimga hukmron qilib qo‘ydi.
Eshitib edimki, homiladorlik chog‘ida ayol yegisi kelgan narsadan
tatib ko‘ra olmasa, bolasi nuqsonli bo‘lib tug‘ilmog‘i mumkin ekan. Mezbon
nechundir: “Oling, yeng”, – demadi. Nafsim esa tinchimadi.
Oqibat, mezbon chiqib ketgach, po‘rtaxolni qo‘limga olib,
to‘g‘nag‘ich ignasi bilan asta teshdim-da, bir tomchi sharbatini
simirdim. So‘rab olinmagani uchun, balki, shu luqma harom
bo‘lgandir?”
Xotinining iqrorini eshitgan er: “Ha,
barakalla! Anglab yetibsiz. Tezda o‘sha xo-
nadonga boring-u, voqeani bayon qilib, o‘sha
bir tomchi sharbat uchun rozilik oling”, –
degan ekan.
Tohir Malik, “Ostona”
1. Bugun po‘rtaxol – meshga, to‘g‘nag‘ich – bigizga aylangan bo‘lsa va bu
holat o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, yana bir necha yil o‘tgach, ular nimaga aylanishi
mumkin? Fikringizni asoslang.
2. “Harom luqmaning kami ham, ko‘pi ham bo‘lmaydi – barchasi insonni
badbaxt qiladi” degan hikmatni mavzuga bog‘lab tushuntiring.
?
Dostları ilə paylaş: