Tarbiya, 11-sinf
1. Havas qilish qanday natijalarga yetakladi?
2. Maqsadga erishish uchun havasning o‘zi kifoya qiladimi?
Maqsadga aylangan havas
Tog‘amning men bilan birga katta bo‘lgan o‘g‘li
O‘zbekiston Milliy universiteti
tarix fakulteti arxeologiya
bo‘limida o‘qir edi. U ustozlari bilan tez-tez arxeologik
ekspeditsiyalarga borar va ko‘rganlari haqida bizga berilib gapirib berar edi.
Men esa unga juda havas qilib, arxeolog bo‘lishni orzu qilar edim. O‘sha kezlarda
xayolimda qadimiy yodgorliklarni qazishda ishtirok etib, mamlakatimiz o‘tmi-
shi haqida ko‘plab ma’lumot
bera oladigan bebaho buyumlar, tangalar topayot-
ganday edim. Qiziqishlarim kuchliligidan arxeologiya va tarix yo‘nalishida o‘qi-
dim. Omon Toshmuhamedov, Svetlana Lunina, Zamira Usmonova kabi ko‘plab
ustozlarning maroqli ma’ruzalarini tinglash men uchun juda zavqli edi! Kuzda
ekspeditsiyaga yo‘l oldik. Orzum ro‘yobga chiqishidan yuragim oshiqib ketar
edi. Ekspeditsiya davomida yurtimiz tarixining naqadar boy ekanini angladim.
Biz qadimiy Shahrisabzdagi yodgorliklar, qadimgi
Marv shahrini qazish
ishlarida qatnashdik. Besh yil davomida turli hududlarda: Samarqand, Qashqa-
daryo, Oqqo‘rg‘ondagi qazishmalarga bordim. Ushbu arxeologik ekspeditsiyalar
menga tarixni nafaqat yozma manbalardan o‘rganish, balki ashyoviy dalillar
orqali chuqur tahlil qilish imkoni borligini ko‘rsatdi.
Men o‘z ishimda doim ustozlarim M. Masson, E. Rtveladze, B. Lunin,
R. Radjapova, R. Aminovaga havas qildim.
Oliy o‘quv yurtini bitirib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Tarix institutiga ishga bordim. Bu ilm dargohida o‘zim anchadan
beri uchra-
shishni orzu qilgan olimlar bilan tanishdim. Ulardan biri O‘zbekiston arxeologi-
yasining otasi hisoblangan buyuk olim, akademik Yahyo G‘ulomov edi. Ushbu
uchrashuvlar, tinimsiz mehnat, mamlakatimiz tarixi va arxeologiyasiga o‘ta
qiziqishim fan doktori, professor bo‘lishimga, laborantlikdan Tarix
instituti
direktori darajasigacha bo‘lgan mashaqqatli, biroq sharafli lavozimlarda
faoliyat olib borishimga imkon berdi.
Inson orzusiga erishish uchun doimo o‘z ustida ishlashi, bilim olishi juda
zarur. Ammo yaxshi olim bo‘lish uchun odam yaxshi
insoniy fazilatlar egasi
bo‘lishi kerak va, albatta, o‘z Vatanini hamda uning tarixini sevishi lozim.
Shundagina u ilm cho‘qqisiga chiqadi!
Dilorom Alimova, tarixchi olima
?
Dostları ilə paylaş: