11-sinf tarbiy



Yüklə 82,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/96
tarix22.09.2023
ölçüsü82,8 Mb.
#146827
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96
Tarbiya 11-sinf UZ

Mulohaza uchun
Niyating 

 yo‘ldoshing
Rivoyat qilishlaricha, Iso alayhissalom mayitni tiriltirgach, ixlosmandlari 
qatori hasadgo‘y raqiblari ham ko‘payib ketadi. Shundaylardan biri: “Mayitni 
tiriltiradigan duoni menga ham o‘rgatasan”, deb turib olibdi. Iso masih bu kim-
saning niyati nopokligini bilgani uchun rad etibdi. Haligi odam yalinib-yolvorib-
di, ming tavallo qilibdi... Iso masih: “Kel, shu ham noumid bo‘lmasin”, deb duoni 
o‘rgatibdi. 
Boyagi odam yo‘lda ketayotib, Iso meni baribir aldadi, o‘rgatgan duosi 
yolg‘on deb o‘ylabdi. Qarasa, yerda bir bo‘lak suyak yotganmish. Duo kuchini 
sinash uchun o‘qigan ekan, suyak bir zumda bahaybat sherga aylanibdi-da, uni 
parchalab tashlabdi...
Yaxshilikdan yomonlik izlashning jazosi shu bo‘lsa kerak...
O‘tkir Hoshimov
?
Ijodiy faoliyat
?
Ma’lumot uchun
IV bob. Shaxsiy rivojlanish


Tarbiya, 11-sinf
1. Havas qilish qanday natijalarga yetakladi?
2. Maqsadga erishish uchun havasning o‘zi kifoya qiladimi?
Maqsadga aylangan havas
Tog‘amning men bilan birga katta bo‘lgan o‘g‘li 
O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti arxeologiya 
bo‘limida o‘qir edi. U ustozlari bilan tez-tez arxeologik 
ekspeditsiyalarga borar va ko‘rganlari haqida bizga berilib gapirib berar edi. 
Men esa unga juda havas qilib, arxeolog bo‘lishni orzu qilar edim. O‘sha kezlarda 
xayolimda qadimiy yodgorliklarni qazishda ishtirok etib, mamlakatimiz o‘tmi-
shi haqida ko‘plab ma’lumot bera oladigan bebaho buyumlar, tangalar topayot-
ganday edim. Qiziqishlarim kuchliligidan arxeologiya va tarix yo‘nalishida o‘qi-
dim. Omon Toshmuhamedov, Svetlana Lunina, Zamira Usmonova kabi ko‘plab 
ustozlarning maroqli ma’ruzalarini tinglash men uchun juda zavqli edi! Kuzda 
ekspeditsiyaga yo‘l oldik. Orzum ro‘yobga chiqishidan yuragim oshiqib ketar 
edi. Ekspeditsiya davomida yurtimiz tarixining naqadar boy ekanini angladim. 
Biz qadimiy Shahrisabzdagi yodgorliklar, qadimgi Marv shahrini qazish 
ishlarida qatnashdik. Besh yil davomida turli hududlarda: Samarqand, Qashqa-
daryo, Oqqo‘rg‘ondagi qazishmalarga bordim. Ushbu arxeologik ekspeditsiyalar 
menga tarixni nafaqat yozma manbalardan o‘rganish, balki ashyoviy dalillar 
orqali chuqur tahlil qilish imkoni borligini ko‘rsatdi. 
Men o‘z ishimda doim ustozlarim M. Masson, E. Rtveladze, B. Lunin,
R. Radjapova, R. Aminovaga havas qildim.
Oliy o‘quv yurtini bitirib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Tarix institutiga ishga bordim. Bu ilm dargohida o‘zim anchadan beri uchra- 
shishni orzu qilgan olimlar bilan tanishdim. Ulardan biri O‘zbekiston arxeologi-
yasining otasi hisoblangan buyuk olim, akademik Yahyo G‘ulomov edi. Ushbu 
uchrashuvlar, tinimsiz mehnat, mamlakatimiz tarixi va arxeologiyasiga o‘ta 
qiziqishim fan doktori, professor bo‘lishimga, laborantlikdan Tarix instituti
direktori darajasigacha bo‘lgan mashaqqatli, biroq sharafli lavozimlarda 
faoliyat olib borishimga imkon berdi.
Inson orzusiga erishish uchun doimo o‘z ustida ishlashi, bilim olishi juda 
zarur. Ammo yaxshi olim bo‘lish uchun odam yaxshi insoniy fazilatlar egasi 
bo‘lishi kerak va, albatta, o‘z Vatanini hamda uning tarixini sevishi lozim.
Shundagina u ilm cho‘qqisiga chiqadi!
Dilorom Alimova, tarixchi olima
?

Yüklə 82,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin