113
Tarbiya, 11-sinf
salbiy sifatlar
zid ma’nosi
misol
jahldorlik
baxillik
yomonlik
ziyonkorlik
g‘ayirlik
yolg‘onchilik
dushmanlik
4. “Ma’naviyat xazinasidan” ruknida berilgan fikrlar asosida hasadgo‘ylikdan
qutulish yo‘llari haqida infografika tayyorlang.
O‘qigan asarlaringizdagi qahramonlar timsolida ushbu sifatlarga misol
keltiring.
1. Quyidagilardan hasadni keltirib chiqaradigan illatlarni ajrating:
– boshqa odamda mavjud bo‘lgan yutuqlardan g‘azablanadi;
– nima uchun menda bunday imkoniyat yo‘q, mening nimam kam, deydi;
–
baxillik qiladi;
– men ham shunday qila olaman, deydi va harakat qiladi;
– ishonchni suiiste’mol qiladi (so‘zida turmaydi);
– natijaga erishish uchun imkoniyatlarini
safarbar qiladi;
– dushman orqali zarar yetkazadi;
– yutuqqa erishganlarning tajribalarini o‘rganadi va ulardan foydalanadi;
– yaxshilikni inkor qiladi.
2. Yuqorida berilgan fikrlarning aksini aytib ko‘ring.
3. Jadvalni daftaringizga chizing. Berilgan sifatlarga zid ma’nolilarini toping.
Ularni fe’lga aylantiring. Sizda shu fe’llarning qaysi biri shakllangan? Bu
haqda
o‘ylab ko‘ring. Xulosangizni hech kimga aytmang. Agar lozim topsangiz, maktab
psixologi bilan maslahatlashing.
Ey odamlar, do‘stlik va mehr-oqibat o‘g‘rilaridan saqlaning! Bunday o‘g‘rilar-
ga chaqimchi va ig‘vogarlar kiradi. O‘g‘rilar mol o‘g‘irlasa,
bunday kishilar odam-
lar orasidagi do‘stlikni, tinchlikni, mehr-u muhabbatni o‘g‘irlab, fitna-fasod
qo‘zg‘atadilar.
Qayum Nosiriy, tatar yozuvchisi
?
Ijodiy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan
?
114
1. Rivoyat nima uchun “Niyating – yo‘ldoshing” deb nomlangan?
2. “Har bir inson o‘z imkoniyatini to‘g‘ri baholashi zarur”
deganda nimani
tushunasiz? Misol keltiring.
3. “Insonning yaxshi niyati – muvaffaqiyatlarining boshlanishi va tayanch
nuqtasi” degan tushunchani rivoyat bilan bog‘lab o‘z fikringizni bildiring.
1. Hasad hasadchining psixo-fiziologik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Birovning yutug‘ini ko‘ra olmaslik, o‘sha odamga yomonlik yetkazishni o‘ylash
muntazam asabiylashishga olib keladi. Bu jarayonda inson o‘zidan salbiy (ne-
gativ) energiya chiqaradi. Organizm o‘zini o‘zi zaharlay boshlaydi.
Bunday ruhiy
og‘irlik qandli diabet, bronxial astma, infarkt va yana qator kasalliklarni keltirib
chiqarishi mumkin.
2. Hasadning davosi: shukur qilish, sabr, kechirimli bo‘lish,
kek saqlamaslik,
kamtarlik, havas va yaxshilik bilan oldinga intilish. Yaxshilikni eshitganda yax-
shilik egasiga xayrixohlik bildirib qo‘yish. Iloji bo‘lsa, “Siz uchun juda xursand
bo‘ldim, omadingizni bersin”, deyish kerak.
?
Dostları ilə paylaş: