1. Bir o‘quvchi darsga xalaqit qildi. Mavzudan tashqari savollar bilan o‘qi-
tuvchining vaqtini oldi. Sinfdagi qolgan 34 nafar o‘quvchi 15 daqiqa bu jara-
yonni kuzatib o‘tirdi. Shu kuni o‘qituvchi o‘quvchilardan uy vazifasini so‘rash-
ga ulgurmadi. Bu yerda kimning nimasi o‘g‘rilandi? Buning haqini kim to‘laydi?
Sizning sinfingizda ham shunday voqealar bo‘ladimi? Sizning bu holatga muno
-
sabatingiz qanday?
2. Kurashda raqibining ikki yelkasini hech qanday g‘irrom
ishlatmasdan
yerga tekkizgan polvonlarning g‘alabasi qaysi atama bilan e’lon qilinadi? Nima
uchun hamma polvonlar shu kalomni eshitish orzusida maydonga tushadilar?
O‘zbek kurashidagi qaysi qoida xalqaro musobaqalarda baholash sifatida qabul
qilingan?
?
Ijodiy faoliyat
?
Darsdan ijobiy saboq chiqarib
110
1. Har bir keysni halollik va mas’uliyat, burch bilan bog‘lab ko‘ring.
2. Halollikka e’tibor berish uchun nimalar zarur ekani haqida qisqa esse
yozing.
3. Hikoya qahramonlarining qaysi biriga “halollik vaksinasi”ni bergan
bo‘lardingiz? Nima uchun?
4. Do‘kondor sizdan xaridingiz pulini uning kartasiga o‘tkazib berishni
so‘radi. Siz qanday yo‘l tutasiz?
5. Do‘kondor topgan foydasini hisoboti kam ko‘rsatdi.
Bu ish to‘g‘rimi? Nima uchun?
6. L. ismli
shaxs uyining elektr va gaz, suv
hisoblagichlarini qasddan orqaga aylantirib
qo‘ydi. L.
kimning haqqiga xiyonat
qildi? Uning bu harakatiga Davlat
va huquq
asoslari fanidan olgan
bilimlaringizga tayanib huquqiy
va ma’naviy baho bering.
Barcha ezguliklarning, xayr li ishlarning boshi halollikdir. Halollik bor
yerda
mug‘ombirlik chekinadi, haromning yo‘li bekiladi.
Ma’naviyat xazinasidan
Dostları ilə paylaş: