11-sinf tarbiy


va baxtsizlikka sababchi bo‘ladi!



Yüklə 82,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/96
tarix22.09.2023
ölçüsü82,8 Mb.
#146827
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   96
Tarbiya 11-sinf UZ

va baxtsizlikka sababchi bo‘ladi!
IV bob. Shaxsiy rivojlanish


109
Tarbiya, 11-sinf
Bigizga aylangan to‘g‘nag‘ich
“O‘g‘lingiz har kuni bigiz bilan meshlarimni teshyap-
ti. Sizday ulug‘ odamning farzandiga shu ish munosib-
mi?” Donishmand mulzam bo‘lib, uzr so‘rabdi, meshlar- 
ning haqqini to‘labdi-da, xotinini chaqirib voqeani bayon
qilibdi. 
So‘ng: “Biz bolamizga bunday tarbiya bermagan 
edik. Luqmasiga harom aralashib qolmadimikan?” – deb so‘rabdi. Xotini picha 
o‘ylagach: “Siz nima topib kelgan bo‘lsangiz, biz o‘shanigina yeymiz. Bizdan
gumoningiz noo‘rindir”, – debdi. 
Ota: “Men uyga harom luqma keltirganimni eslay olmayapman. Tongga
qadar yana o‘ylaylik”, – debdi.
Tongda xotini aybdor odamning siniq ovozi bilan debdi: “...bir voqeani bexos 
esladim: shu bolaga homilador ekanimda mehmonga borib edim. Dasturxon 
noz-ne’matga to‘la edi. Undagi po‘rtaxol (apelsin) ishtahamni qitiqlab, nafsimni 
o‘zimga hukmron qilib qo‘ydi.
Eshitib edimki, homiladorlik chog‘ida ayol yegisi kelgan narsadan 
tatib ko‘ra olmasa, bolasi nuqsonli bo‘lib tug‘ilmog‘i mumkin ekan. Mezbon
nechundir: “Oling, yeng”, – demadi. Nafsim esa tinchimadi.
Oqibat, mezbon chiqib ketgach, po‘rtaxolni qo‘limga olib, 
to‘g‘nag‘ich ignasi bilan asta teshdim-da, bir tomchi sharbatini 
simirdim. So‘rab olinmagani uchun, balki, shu luqma harom 
bo‘lgandir?” 
Xotinining iqrorini eshitgan er: “Ha, 
barakalla! Anglab yetibsiz. Tezda o‘sha xo-
nadonga boring-u, voqeani bayon qilib, o‘sha 
bir tomchi sharbat uchun rozilik oling”, –
degan ekan.
Tohir Malik, “Ostona”
1. Bugun po‘rtaxol – meshga, to‘g‘nag‘ich – bigizga aylangan bo‘lsa va bu
holat o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, yana bir necha yil o‘tgach, ular nimaga aylanishi
mumkin? Fikringizni asoslang.
2. “Harom luqmaning kami ham, ko‘pi ham bo‘lmaydi – barchasi insonni
badbaxt qiladi” degan hikmatni mavzuga bog‘lab tushuntiring.
?

Yüklə 82,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin