11-sinf tarbiy



Yüklə 82,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/96
tarix22.09.2023
ölçüsü82,8 Mb.
#146827
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96
Tarbiya 11-sinf UZ

118
Yil odami
Men 1994-yili Xorazm viloyatida tug‘ilganman. Kichkinaligimda dori reak-
siya berib, o‘ng oyog‘im ishlamay qolgan. Shundan nogiron bo‘lib qoldim. 
2010-yili Toshkent shahridagi Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixti-
soslashtirilgan Respublika kasb-hunar kollejiga o‘qishga kirdim. Jismoniy tar-
biya o‘qituvchimizning qo‘llab-quvvatlashlari natijasida sportning paurlifting 
(tosh ko‘tarish) turi bilan shug‘ullana boshladim. Harakatlarim zoye ketmadi. 
2013-yili Dubayda o‘tkazilgan Xalqaro gran-pri turnirida bronza medalini qo‘lga 
kiritdim. Bu mening katta sportga dastlabki qadamim edi. 
2016-, 2018-yillarda Osiyo chempionati, 2018-yili Jakar-
tada o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlarida, 2021-yili Tbilisi 
shahrida o‘tkazilgan jahon kubogida oltin medallarni 
qo‘lga kiritdim.
Para Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladim. 
Tokio – 2020 paralimpia o‘yinlarida esa kumush
medal sohibi bo‘ldim.
Shuni bildimki, sport – irodani mustahkamlaydi. 
Meni imkoniyatim cheklanmagan, aksincha imkoniyat-
larim cheksiz.
Kuziyeva Ro‘za, O‘zbekiston
paralimpiada terma jamoasi a’zosi
29-MAVZU: MEHNATIDAN QADR TOPGANLAR
1. Ayollarni ta’riflovchi 2 ta sifat keltiring.
Ayol bajaradigan vazifalar to‘g‘risida 3 ta fe’l ayting.
“Ayol” so‘zi ishtirok etgan gap yoki so‘z birikmasini ayting.
“Ayol” so‘zining ma’nodoshlarini sanab bering.
2. Irodani mustahkamlash uchun qanday mashqlarni amalga oshirish kerak?
3. “Baxtga erishish uchun irodang mustahkam bo‘lishi kerak” degan fikrga 
qanday qaraysiz? 
4. “Irodasi mustahkam”, “irodali”, “irodasi bukilmas” degan iboralar qanday 
insonlarga nisbatan aytiladi?
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
?
?
Mulohaza uchun
IV bob. Shaxsiy rivojlanish



Yüklə 82,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin