117
Tarbiya, 11-sinf
1. “Havas qil va oldingga intil” mavzusida esse yozing.
2. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri keladigan so‘zlarni toping.
Bunday o‘g‘rilarga ... va ...lar kiradi.
O‘g‘rilar mol o‘g‘irlasa, bunday kishilar odamlar orasidagi ..., ...ni, ...-...ni
o‘g‘irlab, fitna-fasod qo‘zg‘atadilar.
Har bir ... o‘z ...ga to‘g‘ri ...lashi zarur.
3. Siz nimalarni havas qilasiz? Maqsadga erishish uchun havasning o‘zi
kifoya qiladimi? Havas qilingan orzuni amalga oshirish uchun inson o‘z imkoni-
yatlarini hisobga olishi kerakmi? Nima uchun?
?
Mulohaza uchun
?
Darsdan ijobiy saboq chiqarib
Oyoqlaringda muammo bo‘lsa,
bilagingda kuch bor-ku!
2004-yilda baxtsiz hodisa oqibatida chap oyog‘im tizzamdan amputat-
siya qilindi. Bir oyog‘im yo‘qligini ko‘rgach,
xayolimga birin-
chi bo‘lib endi hayotim hech qachon oldingiday bo‘lmaydi,
degan fikr keldi. Kundan kunga sog‘ oyog‘imdan
ham kuch keta
boshladi. Akam Ulug‘bek chap oyog‘ini bog‘lab olardi-da, o‘ng
oyog‘imizni kuchaytiramiz deb
men bilan birga mashq qilar-
di. Chunki maktab bilan uyimiz o‘rtasidagi masofa ancha uzoq,
piyoda borishga to‘g‘ri kelardi.
2011-yilda Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan
shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan respublika kasb-hunar kolle-
jiga o‘qishga bordim. Kollej nomining o‘zi
ham meni tushkunlikka
tushirar edi. Bu kayfiyatimdan xabardor bo‘lgan jismoniy tarbiya o‘qituvchim
Abror Abdullayev menga tosh ko‘tarish bo‘yicha o‘zimni sinab ko‘rishni taklif
qildi. “Oyoqlaringda muammo bo‘lsa, bilagingda kuch bor-ku!
Harakat qil, chempion bo‘lasan!” dedi. Va nihoyat, 2013-yili
Malayziyada yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo o‘yin-
larida, 2014-yili Dubayda o‘tkazilgan
Xalqaro gran-
pri musobaqasida jahon rekordini yangilab, oltin,
2021-yili Manchesterda o‘tkazilgan jahon kubogi,
Gruziyada o‘tkazilgan jahon
kubogida oltin medallarni
qo‘lga kiritdim.
Farhod Umrzoqov