11-sinf tarbiy



Yüklə 82,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/96
tarix22.09.2023
ölçüsü82,8 Mb.
#146827
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   96
Tarbiya 11-sinf UZ

119
Tarbiya, 11-sinf
2. Berilgan rasmlar asosida 
“bukilmas iroda” haqida fikr 
bildiring.
Bir rivoyatda kelishicha, havoriylar Iso alayhissalomdan “Ey Ruhulloh!
Bugun yer yuzida sizga o‘xshagan kishi bormi?” deb so‘rashdi. U shunday javob 
berdi: “Kimning nutqi zikr, sukuti fikr va nazari ibrat bo‘lsa, albatta, u menga 
o‘xshabdi”. 
Hasan Basriy: “Kimning so‘zi hikmat bo‘lmasa, u larv (behuda)dir, kimning 
sukuti tafakkur bo‘lmasa, u xato, kimning nazari ibrat olish bo‘lmasa, u lahv
(befoyda amal)dir”, degan.
1. Mulohaza uchun berilgan matn-
lardan foydalanib quyidagilar haqida 
fikrlang.
Men o‘z oldimga ... maqsad qo‘ydim.
Maqsadimga yetish uchun ... qildim. 
... ishlarni davom ettiraman.
... kabi muammolarni ... bartaraf eta
olaman.
... qo‘limdan keladi.
Mavluda Abdunazarova 
ikki qo‘li yo‘q bo‘lsa ham 
rangtasvir va
gilam to‘qishni san’at da-
rajasiga ko‘tara oldi.
?
Ijodiy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan
?
Gulshoda bolaligida baxtsiz
hodisa oqibatida oyoqlaridan ayril-
gan. Lekin u hayotga intilishi nati-
jasida tikuvchilikni o‘rgandi. 
2020-yilda davlatdan 80 million 
so‘m kredit olib, o‘z biznesini 
boshladi.


120
Haqiqiy mutaxassis bu – doimiy o‘quvchi
Umrini kasbiga bag‘ishlagan, “Buyuk xizmatlari uchun” 
ordeni, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibasi, oliy toifali
suxandon, O‘zbekiston xalq artisti Galina Melnikova bilan 
bo‘lgan suhbat sarlavhadagi fikrni tasdiqlasa, ajabmas...
“Omadli tasodif sabab bu sohaga qadam qo‘ygan-
man. Tibbiyot institutida a’lo baholarga o‘qirdim. Niyatim
pediatr bo‘lish edi. Noyabr oyida bir imtihonni topshirib,
hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasining yo‘lagida dugo-
nalarim bilan sayr qilayotgandik. Shu vaqt ikki nafar televi- 
deniye rejissyori yonimga kelib, tanlovda qatnashishga taklif qilgan. Shunda: 
“Nima u televideniye?” deb ham so‘ragandim, bilmasdim-da. Dugonalarim
meni tanlovda qatnashishga ko‘ndirishgan. Omad kulib, tanlovdan o‘tganman. 
6-noyabrda televideniye ochilgan bo‘lsa, 26-dekabrdan rasman shu dargohning 
xodimiga aylanganman.
Bir yildan so‘ng rahbariyat o‘qishimni o‘zgartirish talabini qo‘ygan. Tibbiyot 
institutini uchinchi bosqichdan to‘xtatib, o‘sha vaqtdagi Chet tillari pedagogika 
institutining ingliz tili fakultetida tahsil olganman.
Suxandonni “dubulg‘a va qalqonsiz”, xato qilishga haqqi yo‘q askarga o‘xsha-
taman. Boisi doim kutilmagan vaziyat bo‘ladi, qachon, qayerda, qanday ko‘rsa- 
tuvni olib borishingni, kimdan intervyu olishingni avvaldan bilmaysan. 
Bolalikdan hamma ishim a’lo darajada bo‘lishiga odatlanganman. Maktab-
da uch baho olmaslik uchun tonggi soat 06:00 da uyg‘onib, darslarimni takror-
lardim. Shu yoshgacha tinimsiz o‘z ustimda ishlashdan to‘xtagan emasman. Ho-
zirgi yoshimda yarim kunim bo‘sh, lekin hamma gazetalarni o‘qib, yangiliklar 
bilan tanishaman, siyosiy dasturlarni qoldirmay ko‘raman. O‘ttiz besh yoshim-
da meni Moskva ga ishga taklif qilishgan, uy-joy qilib berishlarini aytishgan, rad 
etganman. Boisi Vatanim – O‘zbekiston!”
“Darakchi” gazetasidan
1. “Dubulg‘a va qalqonsiz” deganda nimani tushundingiz? Yana qaysi kasb 
egalariga nisbatan bu iborani qo‘llash mumkin?
2. Professional suxandon bo‘lish uchun inson qanday sifatlarga ega bo‘lishi 
kerak? Fikringizni asoslang. 
?

Yüklə 82,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin