Dunyodagi eng qadimiy,
shu bilan birga, doimiy
faoliyatda bo‘lgan universitet Al-Qarovin oliy o‘quv
muassasasi hisoblanadi. Ushbu oliy o‘quv
dargohi
Marokashning Fas shahrida joylashgan bo‘lib, unga
milodiy 859-yili Fotima al-Fixriy ismli ayol asos sol-
gan. Bu ilmli ayol boy savdogar oilasidan bo‘lgan. Maz-
kur universitet aynan shu oilaning mablag‘lari hisobi-
ga bunyod etilgan.
Universitetda diniy
bilimlar, sarf va nahv ilmlari, nutq san’ati, mantiq ilmi,
tibbiy intizom, matematika, astronomiya, kimyo, tarix va geografiya kabi fanlar
-
dan dars o‘tilgan.
Al-Qarovin eng qadimiy va ish faoliyatini to‘xtovsiz davom ettirib kelayot-
gan universitet ekanini YUNESKO ham e’tirof etgan. Eng qadimiy oliy ta’lim dar-
gohi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
1. Bir kunda qancha qaror qabul qilishingizga e’tibor berganmisiz? Masalan,
bugun dars qilaymi, yo‘qmi? Avval qaysi ishni qilishim kerak? Qo‘limdan kelar-
mikan? Nima qilsam ekan?
2. Qabul qilgan qaroringiz hayotingizni butunlay o‘zgartirib yuborishi mum-
kinligini o‘ylab ko‘rganmisiz?
3. Oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizni amalga oshirish uchun qanday qa-
rorlar qabul qilishingiz kerak? Qabul qilishingiz mumkin bo‘lgan qarorlar
ro‘yxatini tuzing. Ularni oila a’zolaringiz bilan muhokama qiling.
4. O‘z qaroringizni himoya qilish uchun asosli dalillar keltiring. Bunda
o‘zingizda mavjud imkoniyatlar yetarli ekanini isbotlab bering. Masalan, chet
tilini yaxshi bilaman va shu yo‘nalishda bilim olishim mumkin. Novvoylik
qo‘limdan keladi, o‘zimning novvoyxonamni ochaman...
5. Al-Qarovin universitetining ochilishiga nima sabab bo‘lgan?
6. Bugungi mavzumiz qahramonlarini umumlashtiruvchi
jihatlar va
fazilatlari haqida fikr bildiring.
7. Mavzudagi qahramonlar o‘ziga xos fazilatlari bilan yana qanday kasblarni
egallashi
mumkin edi, deb o‘ylaysiz? Nima uchun?
8. Tarixda va bugungi kunda muvaffaqiyatga erishgan ayollar haqida
taqdimot tayyorlang.
?
Dostları ilə paylaş: