Tarbiya, 11-sinf
1948-yili oilamiz bilan Toshkentga ko‘chib keldik.
Toshkentning o‘ziga xosligi,
baland tepaliklari, bog‘lari
meni o‘ziga jalb qildi. Ayniqsa, uzoq Sibirdan kelgan qiz-
ga bu o‘lkaning tafti odamlarining
mehri bilan bir-biriga
uyg‘unlashib ketgandek tuyulardi.
Dugonalarim bilan tepaliklar ustida o‘ynar ekan-
miz, kattalar: “Hoy, ehtiyot bo‘linglar, bu tepaliklar tagida butun bir olam
bor”, deyishsa, hayron bo‘lardim. Onajonim esa: “Bu tepaliklarda tarix yashi-
ringan, ularni arxeologlar aniqlashadi, agar maktabda yaxshi o‘qisang,
ular senga o‘z sirlarini ochadi”, deb menga tushuntirar edilar. Bu orzum
maqsadga aylandi. Onam aytganlaridek, 1954-yilda
maktabni oltin medal-
ga tugatdim va O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy
universiteti)ning arxeologiya yo‘nalishiga o‘qishga kirdim. Bu maqsa-
dim tomon yana bir qadam edi. Ilmiy tadqiqotlarimda Toskentning Xon-
obod qal’asi, Shoshtepa,
Chilonzor oqtepasi, Yunusobod oqtepasi, Mingo‘rik
tarixiy obidalarini o‘rganib, Toshkent shahrining 2200 yillik tarixga ega
ekanini
asoslay oldim.
Yoshligimdagi orzularim hayotim maqsadiga aylandi. Ishlarim esa, o‘zbek
xalqining milliy tarixini yoritishga xizmat qildi. Bu kamtarona mehnatlarim,
albatta, davlat tomonidan e’tiborsiz qoldirilmadi. Fan-texnika sohasida
Beruniy
nomidagi Davlat mukofoti laureati bo‘ldim, “Do‘stlik” ordeni, “Shuhrat” medali,
Fransiyaning “Akademik palma” ordeni bilan taqdirlandim.
Margarita Filonovich, tarixchi olima
1. Zamonaviy dunyoda arxeolog kasbi qanchalik dolzarb? Nima uchun?
2. Arxeolog uchun tarix fanini bilishning o‘zi yetarlimi,
uning tarbiyaviy
ahamiyati-chi? Fikringizni asoslang.
3. Quyida berilgan matnni o‘qing va munosabat bildiring. Javobingizni
mavzuning nomi bilan bog‘lang.
?
Dostları ilə paylaş: