Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Muzrabot tumani xalq ta’lim bo’limida qarashli 11-sonli maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Xusanova Umidaning 1-sinf yozuv fanidan “Mm harfi va Mm tovushi” mavzusi asosida yozgan
BIR SOATLIK OCHIQ DARS ISHLANMASI
Dars sanasi: Sinf: _______________ Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: M tovushi va Mm harfi bilan tanishtirish. Dars maqsadi: a)ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish, Mm harfi ishtirok etgan so’z va bo’g’inlarni o’qishga o’rgatish, tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga o’rgatish
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, nutqini o’stirish
Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologik xaritasi
Ishning nomi
Bajariladigan ishning mazmuni
Metod
Vaqt
1-bosqich Tashkiliy qism
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
Suhbat
2 minut
2-bosqich Ehtiyojlarni aniql
O’tilgan mavzuni mustahkamlash Ii harflari ishtirok etgan bo’g’in va so’zlarni o’qish
Savol-javob
3 minut
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
Mm harfi bilan tanishtirish, rasm asosida matn yaratishga o’rgatish, Mm harfi ishtirok etgan so’zlarni o’qishga o’rgatish
Tushuntirish, izlanish savol-javob
30 minut
4-bosqich Mustahkamlash
Mm harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm asosida tushuntirish m tovushini talaffuz qildirish, o’qitish
Muammoli izlanish
7 minut
5-bosqich rag’batlantirish
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
3 minut
I Darsning borishi:
Darsni tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylash. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish. II O’tgan mavzuni so’rash: -Qaysi tovush bilan tanishgan edik? - I tovushi bilan boshlanadigan so’zlarni bilasizmi? - I tovushini qanday talaffuz qilamiz? Cho’zib talaffuz qilsak,unli tovushmi, yoki undosh? - Bo’ginlar jadvalidan so’zlar hosil qilamiz In Nina ona non