11-variant Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qoʻyiladigan talablar. Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar oʻrtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan hamkorlik


Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar oʻrtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan hamkorlik jarayoni



Yüklə 32,13 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü32,13 Kb.
#205627
1   2   3
Madrimova Maxliya

2. Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar oʻrtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan hamkorlik jarayoni.
Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining
muhim tarkibiy qismi bо‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita
va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini о‘rganadi. Hayotga yangicha
siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish о‘sib kelayotgan yosh avlod
tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan kо‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya


borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi о‘z qoidalarini asoslash
uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi larning
ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa
bо‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi
tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya jarayonining mazmuni.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
shaxsni har tomonlama о‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan
maqsad yо‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulqatvorni tarkib toptirishga yо‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bо‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha
ifodalangan bо‘lsada, ammo yо‘naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga kо‘ra
yakdillikni ifoda etadi.

Tarbiya xususida taniqli о‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi:


«Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo
saodat – yo falokat masalasidur». Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi
xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi,
davlatlarning qudratli bо‘lishi avlodlar tarbiyasiga kо‘p jihatdan bog‘liq.

О‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qо‘lga kiritgach,


ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning
asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yо‘li deb e’tirof etilgan
demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi.
Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi о‘sib
kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. О‘zbekiston Respublikasining
«Ta’lim tо‘qrisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari,
chunonchi, «Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori»,
«О‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada
ijtimoiy tarbiyani yо‘lga qо‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.

Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan


pedagogik jarayon bо‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir
etish imkonini beradi.

Tarbiya jarayoni о‘qituvchi va о‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar


о‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yо‘naltirilgan hamkorlik
jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, histuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bо‘lgan ijtimoiy aloqalarni

tashkil etishga xizmat qilgan

Yüklə 32,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin