12 – dars. Dastur va dasturlash tillari Darsning texnologik xarita



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə34/65
tarix22.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#62071
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
12 – dars. Dastur va dasturlash tillari Darsning texnologik xari

Darsningmaqsadi: o‘quvchilarga Paskal dasturlash tilida ekran bilan ishlash protseduralari haqida tushuncha berish.
Darsning ta’limiy vazifasi: o’quvchilarga Crt moduli, ekranni tozalash, matn foni rangi va matn rangini, matn joylashish joyini belgilaydigan protseduralar haqida bilim berish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o‘quvchilarni go’zallikni va tartib-intizomni tushunish va qadrlash ruhida tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarni kompyuterdan foydalanishda dizaynga e’tibor berishga yo’naltirish.

O‘quv jarayonining mazmuni

Paskalning ekran bilan ishlashga yo‘naltirilgan protsedura va funksiyalari. Uses Crt ko’rsatmasi. Crt moduli. Paskalda qo‘llaniladigan ranglarning kodlari va ularga mos konstantalar nomlari. ClrScr, TextColor(rang) va TextBackGround(rang) protseduralari. GotoXY(A,B) protsedurasi va uning vazifasi.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Aralash.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O’quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to’g’risidagi bilim va ko’nikmalari rivojlanadi. Crt moduli, uning protseduralari hamda vazifalari bilan tanishadilar. Paskalda qo‘llaniladigan ranglarning kodlarini bilib oladilar. Qo’yilgan masala yechimini chiroyli ko’rinishda ekranga chiqarishni o’rganadi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin