12 – Ma’ruza:
Orayopma elementlarni ekspluatatsiyasi
Reja:
1) Orayopmalar, ularda uchraydigan shikastlanish
2) Deformatsiya turlari bo’yicha yemirilishni aniqlash.
Tayanch so’zlar: orayopmalar, elementlar ekspluatatsiyasi, nuqsonlar, bartaraf etish
tadbirlari, texnik holat, elementlarni kuchaytirish, diafragmalar, fibrobeton, foydalanish davri.
Havfli, yo’l qo’yib bo’lmaydigan nuqsonlari, latlari va shikastlanishlari
borligi aniqlangan konstruktiv elementlarning texnik holatini me’yoriy talablarga
javob beradigan holatga keltirish uchun ularni kuchaytirish va almashtirish
tadbirlari amalga oshiriladi.
Hozirda
mavjud
usullar
yordamida
bino
va
inshootlarning
ekspluatatsiyasini birmuncha muvaffaqiyat bilan talablarga javob beradigan
darajaga keltirish imkoniyati bor.
Quyida konstruktiv elementlarni kuchaytirishning keng tarqalgan usul va
yo’llari keltirilgan.
Metall konstruktsiyalarni kuchaytirishda po’lat, beton, temirbeton, shu
jumladan fibrobeton, vaqtincha kuchaytirish uchun esa yog’och qo’llaniladi.
Po’lat
konstruktsiyalar
quyidagicha
kuchaytiriladi:
qo’shimcha
konstruktsiya va elementlar kiritish yo’li bilan; qo’shimcha robitalar qo’yish yo’li
bilan – qobirg’alar, diafragmalar, tortqilar va xovonlar ko’rinishidagi;
elementlarning ko’ndalang kesim yuzasini ochirish orqali; birikish tugunlarini
kuchaytirish vositasida; fazoviy bikrligini ochirish natijasida. Bundan tashqari,
“maxsus tadbirlar” turkumiga kiruvchi quyidagi usullar ham qo’llanilishi
mumkin: hisobga olinmagan mustahkamlik zahiralarini aniqlash, konstruktsiya
va elementlarga ta’sir etuvchi yuklarning qiymati va qo’yilish sxemasini
o’zgartirish va sh.k.
Temirbeton konstruktsiyalarni kuchaytirishda quyidagi usullar keng
tarqalgan: poydevorlar va ustunlar uchun – temirbeton gardish (xalqa) tiklash
yo’li bilan; torkret betonlash usuli – devorlar va b. Konstruktsiyalar uchun;
konstruktsiya kesimini oshirish yo’li bilan; metall tortqilar va qoplamalar
vositasida; qo’shimcha armatura sinchlari va to’rlarini o’rnatish va betonlash
orqali.
Tosh – g’isht konstruktsiyalarni kuchaytirishda armaturalangan suvoq hosil
qilish, yangi g’ishtin qoplama tiklash, temirbeton qoplama yordamida
kuchaytirish, po’lat gardishlar, kamarlar va tortqilar vositasida kuchaytirish kabi
usullar keng qo’llaniladi.
Nuqsonli konstruktsiyalarni kuchaytirishda qo’llaniluvchi materiallarga
oshirilgan talablar qo’yiladi, ular QMQ va standartlarda belgilangan
ko’rsatkichlarga va xossalarga ega bo’lishi zarur.
Konstruktsiyalarni kuchaytirish ishlari texnik tekshirish ishlari natijasida
ishlab chiqilgan amaliy tavsiyanomalar, rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash
loyihalarida belgilab qo’yilgan qoidalar, ishlarni bajarish tartiblari, sxemalari va
yechimlari asosida bajarilishi kerak. Tugallangan ishlar me’yorlarda belgilangan
tartibda qabul qilinadi va ularga maxsus dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
O’tkazilgan texnik tekshirish ishlari, ularning natijalarini tahlil qilish,
konstruktsiyalarda hosil bo’luvchi nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini
aniqlash, konstruktiv elementlarning haqiqiy ishini o’rganish, ularning texnik
holatini baholash bo’yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari hosil bo’lgan yorilish,
deformatsiyalar, latlar, shikastlanish va buzilishlarni ishonchli tarzda bartaraf etish
usullarini takomillashtirish va sifat jihatidan mutlaqo yangi, ishonchli va bajarilishi
oddiy bo’lgan usul va yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatini berdi.
Quyida bino - inshootlarning asosiy yuk ko’taruvchi va to’siq
konstruktsiyalarini kuchaytirishning ishlab chiqilib taklif etilgan, qisman qurilish
amaliyotiga joriy etilgan yechim va usullarining bayoni keltirilgan.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, tosh-g’isht konstruktsiyalarda turli
ko’rinishlardagi nuqsonlar vujudga kelishi mumkin; bulardan eng ko’p
uchraydiganlari vertikalь va qiya yoriqlar hosil bo’lishi, vertikaldan og’ishi,
nurashi va yemirilishi hisoblanadi.
Tosh-g’isht konstruktsiyalarni kuchaytirishda ana shu kabi latlar va
shikastlanishlarning asorati butunlay bartaraf etilishi zarur. Bajariladigan
konstruktiv kuchaytirish tadbirlarida ushbu holat to’liq e’tiborga olinishi talab
etiladi.
Tosh-g’isht ustunlar va oradevorlarni po’lat va temirbeton gardishlar tiklab
kuchaytirish keng qo’llaniluvchi usul bo’lib, bunda elementning yuk ko’tarish
qobiliyati sezilarli darajada ortadi.
Po’lat gardishlar vositasida kuchaytirish burchak profillar va listli
po’latlardan tayyorlanuvchi biriktirish plankalari va tsementli qorishma yordamida
bajariladi. Po’lat elementlarni korroziyadan himoyalash uchun M50-M100 markali
qorishma bilan metall to’r ustidan 2-3 sm qalinlikda suvoq qilinadi.
Kuchaytirish uchun tokchasining o’lchamlari 50-75 mmli burchak profillar,
xomutlar sifatida kesimining o’lchamlari 40x5 - 60x12 mmli plankalar yoki Ø12-
28 mmli armatura sterjenlari qo’llaniladi. Kuchchaytiruvchi gardish terimni qisishi
uchun kuchlantiriluvchi xomutlar ko’zda tutiladi.
Temirbeton gardishlar sinfi B12,5dan kichik bo’lmagan beton, Ø10-16 mmli
vertikalь sterjenlar va Ø6-10 mm li xomutlar ishlatiladi. Xomutlar orasidagi
masofa 15 sm dan ortiq bo’lmasligi, betonning sinfi g’ishtning markasidan kichik
bo’lmasligi zarur. Temirbeton gardishning qalinligi 4 - 12 sm ni tashkil etadi.
Betonlashtirish qolipda amalga oshiriladi.
Tosh-g’isht
konstruktsiyalar
armaturalangan
suvoqlar
bilan
ham
kuchaytiriladi. Bunda 2-4 sm qalinlikdagi suvoq qatlami bir necha martada M75 -
M200 markali qorishmadan qo’lda, qorishma nasosi yordamida yoki torkretlash
usulida bajariladi.
Mahalliy latlarda shikastlangan joyning o’zini kuchaytirish ham mumkin;
bunda po’lat xomutlar o’rnatilib, g’isht terimi tsementli qorishma yordamida
in’ektsiyalab kuchaytiriladi.
Devor va poydevorlarning yuk ko’tarish qobiliyati qoplama terim tiklash
va armaturalangan - temirbeton qoplamalar yordamida kuchaytiriladi.
Qoplamalar terimning faqat bir tomonidan yoki har ikkala tomonidan tiklanishi
mumkin. Temirbeton qoplamalar 4-12 sm qalinlikda sinfi V7,5 - V15 bo’lgan
beton va Ø4-12 mmli simlardan tayyorlanuvchi po’lat to’rlardan bajariladi
Qurilish amaliyotidan ma’lum bo’lishicha, bino-inshootlarni rekonstruktsiya
qilishdagi eng murakkab masalalardan biri - yig’ma temirbeton elementlarda hosil
bo’luvchi shikastlanishlar va buzilishlarni bartaraf etish va yo’qotishdir; shunga
qaramasdan, bu masala amalda eng ko’p duch kelinadigan muammolardan bo’lib,
konkret tarzda hal etilishini talab etadi.
Hozirgi kunda ushbu muammoni hal etish bo’yicha birmuncha tajribalar
to’plangan bo’lib, ular asosiy turlardagi yig’ma temirbeton konstruktsiyalarni
qamrab oladi.
O’zbekistonning quruq issiq iqlimi va seysmik sharoitida ushbu masalalarni
yechish yanada murakkablashadi.
Qurilish amaliyotining ko’rsatishicha, quyma temirbetondan tiklanuvchi
konstruktsiyalarda betonlashtirish ishlari tugallangandan keyingi dastlabki 3-7 kun
davomida zaruriy parvarishlar ishlari olib borilmasligi oqibatida betonda kirishish
yoriqlarining hosil bo’lishi, mustahkamlikning keskin pasayishi yuz beradi,
natijada konstruktsiyalarning yuk ko’tarish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi,
ularning sifat ko’rsatkichlari yomonlashadi.
Foydalanish davrida ham quruq issiq iqlim binolarning konstruktiv
elementlariga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatadi ushbu holat tekshirishlarda yaqqol
namoyon bo’ladi.
Bevosita quyosh radiatsiyasi ostida ishlatiluvchi konstruktiv elementlarda -
tom konstruktsiyalari, devor panellari, oshiq inshootlar qismlarining muddatidan
oldin yorilish, yemirilish va buzilish hollari amalda ko’p qayd etilgan.
Zilzilalar oqibatida bino va inshootlarning yuk ko’taruvchi va to’siq
konstruktsiyalari turli darajadagi shikastlanishlarga uchraydi, ularda yoriqlar hosil
bo’ladi, deformatsiyalarining ortishi kuzatiladi.
1-rasm. G’isht va toshlardan tiklangan devorlarni kuchaytirish sxemasi: a – tashqi devorlarni;
b-ichki devorlarni : 1-devor; 2-yirik donador qumdan tayyorlangan M 100 markali qorishmadan
suvoq; 3-po’lat qoziq; 4-armatura to’ri; 5-markasi M 50 qum-tsementli qorishmadan suvoq.
Dostları ilə paylaş: |