Izoh: armaturali suvoq torkret usulida bajariladi.
Qurilish joyining sharoitlari
bino va inshootlarning, ularning konstruktiv
elementlarining foydalanish davridagi asosiy ko’rsatkichlariga hal etuvchi ta’sir
ko’rsatadi,
yuzaga
keluvchi
shikastlanishlar,
buzilishlar,
yoriqlar
va
deformatsiyalarning xarakterini belgilaydi va miqyosiga ta’sir ko’rsatadi. SHu
sababli, aniqlangan
nuqsonlarni bartaraf etishda, kuchaytirish usullarini ishlab
chiqishda ushbu holat aniq hisobga olinishi talab etiladi.
Yopma to’sinlari,
plitalar, ustunlar va deraza o’rinlarini kuchaytirish
sxemalari keltirilgan.
2-rasm. Yig’ma temirbeton yopma to’sinini kuchaytirish sxemasi
3-rasm. Yopma plitalarini kuchaytirish sxemasi.
Bino va inshootlarni kapital ta’mirlash,
rekonstruktsiya qilish va
modernizatsiyalashda quyma temirbeton alohida o’rin egallaydi. Bunda aksariyat
hollarda tashqi ta’sirlardan himoyalangan
joylarda ishlar olib boriladi, bu esa
quyma temirbetonni qo’llash uchun juda qulay hisoblanadi. Kapital ta’mirlash,
rekonstruktsiya qilishda quyma temirbeton qo’llanilishi mexnat sarfi, vaqt sarfi va
narxi bo’yicha o’zini to’liq oqlaydi. Yirik o’lchamli elementlarni qo’llab
orayopmalarni almashtirish sxemalari 4 - rasmda keltirilgan.
4 - rasm. Yirik o’lchamli konstruktsiyalarni qo’llab orayopmalarni almashtirish sxemasi:
a-to’sinlarni qoldirib yoki yangi metall to’sinlar bo’yicha to’shamalarni o’rnatish; b-
to’shamalarni burchak tayanchlarga o’rnatish; v-xuddi shunday, ichki panel devorlarga
o’rnatish; 1-metall to’sin ustidagi №10 burchak; 2-devorga o’rnatilgan №10 burchak; 3-metall
qistirma; 4-devor paneli; 5-pol.
Nazorat savollari:
1)
Konstruktiv elementlarni kuchaytirishning qanday usullari mavjud?
2) Orayopmalarni deffektli qismlari qanday kuchaytiriladi?
3) Orayopma konstruktsiyalarini kuchaytirishda
nimalarga ahamiyat berish
kerak?
4) Bino va inshootlarni orayopma konstruktsiyalarini ekspluatatsiya
jarayonida e’tiborga molik jihatlar qaysi?
5) Orayopma konstruktsiyalaridagi deffektlar qanday bartaraf etiladi?