12- mavzu. Ikkinchi jahon urushi yillarida o'zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qo’shgan hissasi


Urush yillarida O‘zbekiston fani va madaniyati



Yüklə 26,88 Kb.
səhifə2/4
tarix08.12.2022
ölçüsü26,88 Kb.
#73134
1   2   3   4
FjUIxOVWRocm2FIMe7Kx3BnMn5pUYs351LCBwjKg

12.2. Urush yillarida O‘zbekiston fani va madaniyati
Oʻzbekistonning boy ma’naviy ma’daniyati urushning birinchi kunlaridanoq fashizmga qarshi kurashga qaratildi. Oʻzbekiston olimlarning urush sharoitidagi izlanishlari, ilmiy tadqiqotlarning yonalishlari front va xalq xoʻjaligi talablari va manfaatlariga moslashtirildi. Ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirishni dastlab 1940- yilda tashkil etilgan SSSR FA ning Oʻzbekiston filiali, keyin 1943- yil noyabrda tashkil etilgan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi amalga oshirdi. Oʻz FA ning prezidenti qilib T. N. Qori-Niyoziy saylandi. Bu oʻzbek xalqi hayotida muhim voqea boʻldi. 1943-1945- yiilarda akademiya tarkibidagi 22 ta ilmiy muassasada 818 ilmiy xodim fan olamining turli sohalarida tadqiqot ishlarini olib bordilar. Urush tufayli Moskva, Leningrad, Kiev, Minsk va boshqa shaharlardan kochirib kelingan olimlar Oʻzbekiston olimlari bilan hamkorlikda ish olib bordilar.
Urush davrida bu ilmiy tashkilotning uch faxriy, 15 ta haqiqiy, 20 ta muxbir a’zosi va 1265 ta ilmiy xodimi, shu jumladan, 54 ta fan doktori va 172 ta fan nomzodi ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar. Ular orasida fizika-matematika fanlari doktorlari T.A.Sarimsoqov va V.I.Romanovskiy, geolog olim H.M.Abdullayev, fizik olim S.U.Umarov, faylasuf I.Mo‘minov, adib S.Ayniy, yozuvchi Oybek, shoir G‘.G‘ulom va boshqalar bor edi.
Shu bilan respublikada ilmiy tafakkurni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratildi. Bu davrda taniqli olimlar T.N. Qori-Niyoziy, T.A. Sarimsoqov, H.M. Abdullaev, A.S. Sodiqov, S.Yu. Yunusov, A.S. Uklonskiy, L. Mominov va boshqalar samarali izlanishlar olib bordilar. Urush yillarining qiyinchiliklariga qaramasdan Oʻzbekistonda oliy va oʻrta maxsus oquv yurtlari va maorif muassasalarining faoliyati ham toʻxtab qolmadi. 1943-1944-yillarda birlashtirilgan va yopilgan institutlar qayta tiklana boshladi. Yopilgan Chimboy va Urganch pedagogika, Namangan va Marg‘ilon o‘qituvchilar, Toshkent teatr san’at institutlari ochildi. Yirik oliy o‘quv yurtlarida doktorantura va aspiranturaga qabul kengaytirildi. 1945-yil oliy o‘quv yurtlari soni 1940-yilga nisbatan 3 taga ko‘payib, 33 tani tashkil etdi, talabalar soni esa 19,1 mingdan 21,2 ming kishiga ortdi. Urush yillarida hammasi bo‘lib 10 mingdan ko‘proq oliy malakali va 3,7 mingga yaqin o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlandi.
Oʻzbekistonda 29 ta oliy va 52 ta oʻrta maxsus oquv yurti ishlab turdi, ularaing soni Markazdan koʻchirib keltirilgan 31 ta oliy oquv yurti va 7 ta harbiy akademiya hisobiga yana ortib bordi. Bu oquv yurtlarida urush yillari 11 750 nafar yuqori malakali mutaxassislar va 6 673 nafar kadrlar tayyorlandi.
Xalq ta’limi sohasida qiyinchiliklar boʻlsa ham, oqitish ishlari muntazam olib borildi. Oquvchilar maktabda oqish bilan birga yaradorlarga, frontga ketganlarning oila a’zolariga, urush nogironlari oilalariga yordam berdilar. Oʻzbek adabiyoti ham xalqimizning dushmanga qarshi kurash- yillarida oʻzining munosib hissasmi qoshdi. Oybekning “Qutlugʻ qon” romani, X.Olimjonning «oʻlim bosqinchilarga» kabi asarlari jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor boʻldi. Gʻ.Gʻulom, Uygʻun, Islom shoir, Fozil Yoʻldosh, Abdulla Qaxxor, Zulfiya va boshqalar ham urush davri ruhiga monand asarlar yaratdilar.
Urush yillarida oʻzbek tilida 14 ta front va 12 ta diviziya gazetasi nashr etilgan. “Front haqiqati”, “Qizil askar haqiqati”, “Qizil Armiya”, “Dushmanga qarshi olgʻa” shular jumlasidandir, Urush yillarida oʻzbek teatr san'ati ham katta hajmdagi vazifalarni bajardi. Bu davrda Oʻzbekistonda 36 ta mahalliy va 14 ta evakuatsiya qilingan yangi teatrlar ish boshladi. Respublihamizda 30 dan ortiq kontsert brigadalari tashkil etilib, ular harakatdagi armiya qismlari va gospitallardagi nogironlarga 26 mingta kontsert qoyib berdi. Ayniqsa, Tamaraxonim, Halima Nosirova, Mukarrama Turgʻunboeva, Sora Eshontoraeva, Abror Hidoyatov kabi san'atkorlar ishtirokidagi kontsert va tomoshalar jangchilar, tomoshabinlar qalbiga zor kotarinkilik baxshida etgan.
A. Abdullaev, U. Ahmedov, O. Tojiboev kabi rassomlar urush lavhalari, badiiy- yilnomalarni yaratib, xalqimizning front va front orqasidagi fidokorona mehnatini mahorat bilan tasvirladilar. Qisqa metrajli filmlar va 10 ta badiiy film yaratildi. Y.Azamov, K.Yormatov, N.Gʻaniev, S.Muhamedov kabi oʻzbek rejisserlari urush yillarida kinomatografini rivojlantirdilar. Bu davrda ishlangan “Nasriddin Buxoroda”, “Tohir va Zuhra” kabi fiimlar “Oʻzbekfilm”ning oltin fondiga aylandi.

Yüklə 26,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin