12-1 Mad 19 guruhi talabasi G’aybullayev Ruslan Asliddinovichning


Vazirlar Mahkamasi ma’muriy-huquqiy munosabat sub’ekti sifatida



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/6
tarix01.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#105366
1   2   3   4   5   6
huquq

Vazirlar Mahkamasi ma’muriy-huquqiy munosabat sub’ekti sifatida.
Vazirlar Mahkamasi - O‘zbekiston Respublikasining hukumati iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruv organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalarining raislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvchi boshqa tuzilmalarning rahbarlari kiradi.
O‘zbekiston Oliy Kengashi qabul qilgan 6 may 1993 yil qonuniga asosan Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolatlari aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida: iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchilikning barcha shakllarini uyg‘unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizimini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi; xo‘jalik yuritishning yangi shakllari-konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa shunga o‘xshash tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga yordamlashadi, iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi talab-ehtiyojlarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi, yagona narx siyosatini o‘tkazish, mehnatga haq to‘lash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbol ko‘rsatkichlarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning ijrosini tashkil etadi; boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat va suv xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi; fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning mehnat qilishga, ijtimoiy va huquqiy himoyalanishiga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi; sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi; O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini, davlat chegaralari qo‘riqlanishini ta’minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga yordamlashadi; davlat boshqaruv organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o‘tkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi, yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora- tadbirlarini ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, xukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora- tadbirlarini ko‘radi; tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-taxnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.
YUqoridagilardan tashqari, Vazirlar Mahkamasi fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish borasida bir qator vakolatlarga ham ega.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini tayyorlash va o‘tkazish tartibi 27 noyabr 1993 yil tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi ish tartibi bilan belgilangan.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin